“Madaniyatga sho‘ng‘ish – til o‘rganishda ilk qadam”

“Madaniyatga sho‘ng‘ish – til o‘rganishda ilk qadam” loyihasi Rossiya Federatsiyasining P.P. Semenov-Tyan-Shanskiy nomidagi Lipetsk davlat pedagogika universiteti bilan o‘rnatilgan hamkorlik haqidagi Kelishuv doirasida amalga oshirilmoqda. 
Loyihadan maqsad rus tilini yoyish, qo‘llab-quvvatlash va uning maqomini mustahkamlash hamda Rossiya fani, madaniyati va ta’limini O‘zbekiston Respublikasida ommalashtirishdan iborat. 
Loyiha Lipetsk davlat pedagogika universitetining “Teatro” talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy kompozitsiyalar va spektakllarni distansion shaklda namoyish qilishni ko‘zda tutadi. Spektakllar rus kazaklari hayoti va an’analari, A.S. Yesenin, V.S. Visotskiy, P.P. Semenov-Tyan-Shanskiy kabi shoir va mutafakkirlar ijodiga bag‘ishlangan. Loyiha yakuniga ko‘ra talabalarning madaniy muhitga sho‘ng‘ish orqali rus tilini o‘rganishga qiziqishlari ortganligini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirilgan. 
Spektakllar “Madaniyatga sho‘ng‘ish – til o‘rganishda ilk qadam” loyihasining rasmiy veb-sahifasi – http://culturestep.ru manzilida joylashtiriladi. Saytda shuningdek, mazkur loyiha, uni amalga oshiruvchi ijodiy guruh, “Teatro” talabalar teatr studiyasi haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, qiziquvchilar Rossiya madaniyati, fan va madaniyat sohasidagi buyuk shaxslar, kazaklar urf-odatlari to‘g‘risida o‘z bilimlarini kengaytirishlari mumkin. 
Mazkur loyiha hamkor-mamlakat sifatida O‘zbekiston hududida ijtimoiy tarmoqlarning tematik guruhlarida masofaviy va raqamli texnologiyalar, axborot homiyligi yordamida amalga oshirilmoqda. Bu ma’lumotlarni onlayn rejimda olishni afzal ko‘radigan yosh avlod vakillarining mavjud sifatli o‘quv jarayonlariga kirisha olishlarini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ma’rifiy tadbirlar va xalqaro loyihaning asosiy natijalarini ommaviy axborot vositalarida targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.