Yevropa Komissiyasining Erasmus+ 2021-2027 yillarga mo’ljallangan dasturlari uchun byudjeti va uning asosiy yo’nalishlarini ma’lum qildi

Yangi dastur yanada inklyuziv, shaffof, keng ko’lamli va xalqaro bo’lishi kutilmoqda. Dastur byudjetining 83% qismi ta’lim va malaka oshirish, 10,3% qismi yoshlar bilan ishlash, 1,9% qismi sport sohalariga qaratilgan.

Shu munosabat bilan, 2020 yil 29 dekabr kuni soat 10:00da O’zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda onlayn formatda “2021-2027 yillar uchun yangi Erasmus dasturiga oid axborot sessiyasini” tashkil qilinishini rejalashtirilgan.

Axborot sessiya davomida Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) hamda Erasmus Mundus Design Measures (EMDM) yo’nalishlari tafsilotlari va ularning muddatlari bo’yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Ushbu tadbirga Erasmus+ dasturining loyihalarida ishtirok etish istagini bildirganlar uchun quyidagi veb sahifadan https://cutt.ly/nh0GODg  2020 yil 27 dekabr kuniga qadar ro’yxatdan o’tish talaba etiladi.

Zoom havolasi ro’yxatdan o’tganlar uchun shaxsiy elektron pochta orqali 1 kun oldin ma’lumot oladi.

Erasmus+ dasturining 2021-2027 yillarga mo’ljallangan ma’lumotlarini quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin:

https://ec.europa.eu/programmes/erasmus-plus/news/commission-adopts-proposal-next-erasmus-programme-2021-2027_en

Qo’shimcha ma’lumot uchun universitet xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat etishlaringiz mumkin. Tel: 66239 1079, e-mail: irossu1420@gmail.com