Xitoyning Fan va Texnologiya Universiteti (USTC)

Xitoyning Fan va texnologiya universitet (XFTU) matematika, fizika, kimyo, materialshunoslik, muhandislik, elektron axborot, informatika, yer va kosmik fanlar, atrof-muhit fanlari yo’nalishlari bo’yicha 114 ta magistrlik va 94 ta doktorlik dasturlarni taklif etadi. Deyarli barcha doktorlik  va 9 ta magistratura dasturlari ingliz tilida olib boriladi.

Odatda XFTUda,  magistr darajasini olish uchun talabalarga 2-3 yil va PhD dasturida o’qish uchun 3-4 yil talab etilishi mumkin.

XFTUda PhD studentlari uchun uch xil stipendiya dasturlari mavjud (A, B va C):

● A: Xitoy Fanlar akademiyasi (ANSO stipendiyasi) tomonidan moliyalashtiriladigan;

-o'quv to'lovlaridan ozod qilish,

-tibbiy sug'urta,

-oyiga 7000 RMBga qadar stipendiya kiradi.

● B: Ta'lim vazirligi (Xitoy hukumati stipendiyasi) yoki XFTU tomonidan moliyalashtiriladigan stipendiya;

-o'qish to'lovlaridan ozod qilish

-tibbiy sug'urta,

-oyiga 3500 RMB stipendiya va yashash joyi uchun to’lov.

● C: XFTU tomonidan moliyalashtiriladigan

-o'quv to'lovlaridan ozod qilish,

-Qabuldan so’ng ilmiy-tadqiqot yoki assistantlik uchun ariza berish imkoniyati mavjud.

 

Grant olish uchun arizachilar XFTU tizimida qaydnoma yaratishlari va topshirmoqchi bo'lgan stipendiya turini tanlashlari kerak. Abituriyentlar bir vaqtning o’zida uchta turdagi stipendiya dasturlariga murojaat qilishlari mumkin. Nomzod XFTU tomonidan  berilgan baholari asosida stipendiya dasturlarining biriga tavsiya etiladi. Har bir murojaat etuvchi faqat bitta stipendiya olishi mumkin. 

Hujjat topshirish muddati: 2020 yil 1 dekabrdan - 2021 yil 31 martgacha

Batafsil ma’lumot: http://ic.ustc.edu.cn/en/v7info.php?Nav_x=8

Qo’shimcha ma’lumot uchun universitet Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat etishlaringiz mumkin. Tel: 66239 1079, e-mail: irossu1420@gmail.com