UNESCO yosh tadqiqotchilarga "Ipak yo'li" mavzusidagi ilmiy loyiha uchun grant olish imkoniyatini taqdim etadi

UNESCO yosh tadqiqotchilarga "Ipak yo'li" mavzusidagi ilmiy loyiha uchun grant olish imkoniyatini taqdim etadi. UNESCO yosh olimlar uchun Ipak yo'lining umumiy me’rosi va o'ziga xosligi, shuningdek, ijodkorlik, madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy hamjihatlik, mintaqaviy va zamonaviy jamiyat uchun uning xilma-xilligi va salohiyati, xalqaro hamkorlik va barqaror tinchlik va taraqqiyot bilan bog'liq masalalar bo'yicha tadqiqotlarni moliyalashtiradigan grant ajratdi.

UNESCO 12ta grant ajratadi, va har bittasi 10 000 AQSH dollariga teng bo’ladi.

Tavsiya etilgan tadqiqotlar quyidagi mavzularni qamrab olishi mumkin, lekin ular bilan chegaralanmaydi:

1. Fan va Texnologiya

2. An'anaviy nou-xau va Hunarmandchilik

3. Din va Ma'naviyat

4. Til va Adabiyot

5. San'at va Musiqa

6. An'anaviy o'yinlar va Sport turlari

Grantga 35 yoshda va undan yosh odamlar ariza etishlari mumkin.

Ariza qabul qilishning oxirgi muddati: 2021 yil 18 aprel

Grant haqida ma’lumot:

https://en.unesco.org/silkroad/youthgrant

https://ru.unesco.org/silkroad/youthgrant-applicant-guidelines

Qo’shimcha ma’lumot universitet Xalqaro hamkorlik bo’limidan olish mumkin. Tel: 66 2391079, E-mail: irossu1420@gmail.com