Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Samarqand davlat univeristetining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya

 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

SAMARQAND VILOYaT O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

VA XALQ TA’LIMI BOShQARMALARI

«UZLUKSIZ TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY-USLUBIY MUAMMOLARI»

mavzusidagi Samarqand davlat univeristetining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya

2017 yil 24-25 noyabr kunlari Samarqand Davlat universitetida «Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy-uslubiy muammolari» mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning maqsadi uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchi ilmiy izlanuvchilar hamda pedagogikaning nazariyasi va uslubiyati muammolariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar, tavsiyalarni umumlashtirish, o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik asoslarini hamda fanlarni o‘qitishning yangi innovasion-pedagogik texnologiyalarini keng muhokama qilish va uzluksiz ta’lim tizimi bo‘g‘inlari orasida o‘zaro hamkorlikni takomillashtirishdan iborat.

Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinishi rejalashtirilgan:

  • Uzluksiz ta‘lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari.
  • Ta‘limda chet tillarni o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirishda innovasion texnologiyalar.
  • Uzluksiz ta‘limda innovasion texnologiyalar hamda elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va ulardan samarali foydalanish.
  • Hamkorlik doirasida bajarilayotgan ilmiy ishlar.

Konferensiyada ma’ruza qilingan mavzular matni maqola shaklida ilmiy to’plamda chop etiladi. Maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

 

MAQOLALARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

Maqola matnlari tahrir qilingan va tegishli sho’balarning nomi ko’rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog’ozga, qatorlar orasi 1 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm joy qoldirib, 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va bitta bo’sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi bosh harflarda hamda doimiy ish joyi yoziladi. Bitta bo’sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola matni yoziladi. Maqolaning oxirida muallif bilan bog’lanish uchun zarur ma’lumotlarni (buyurtma varaqasi shaklida) keltirish zarur.

Maqola matni sahifalanmagan bo’lib, uning elektron nusxasi Word muharririda Times New Roman shriftida 14 o’lchamda va 2-3 bet bo’lishi talab etiladi.

Maqolaning elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuborilishi yoki elektron pochta orqali ko’rsatilgan manzilga jo’natilishi talab etiladi. Fayl nomi lotin harflarida muallif familiyasi bilan yozilishi kerak, masalan: Abdullayev E.N.doc

Konferensiya mavzusiga va nashr etish talablariga javob bermaydigan maqolalar ko’rib chiqilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Maqola mualliflari konferensiyada qatnashishlari  hamda ma’ruza qilishlari shart.  

Maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.

Maqolalarni chop ettirish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida mualliflar maqolaning har bir sahifasi uchun 14000 (o’n to’rt ming) so’m miqdorida badal puli to’lashlari zarur (hisob raqami 400110860184017950100079002, O’zR TIA Milliy bankining Samarqand viloyat bo’limi, bank kodi MFO:00214 STIR: 201213338  OKONX:92110).

Konferensiyaga ma’ruzalar taqdim etish muddati 2017 yil  25 oktyabrgacha, ko’rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan ma’ruzalar dasturga kiritilmaydi.

Manzil: 140104, Samarkand sh., Universitet xiyoboni, 15, SamDU AL va KHKlari bilan ishlash hamda ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi.

Bog’lanish uchun tel: (0366) 233-60-85, 239-13-87,  239-11-40, e-mail: uzluksiztalim@rambler.ru,  uzluksiztalim@samdu.uz

 

 «Uzluksiz ta’lim sifat va samaradorligini oshirishning nazariy

uslubiy muammolari»  mavzusidagi ilmiy konferensiyada ishtirok etish uchun

ARIZA  

Muallifning to’liq F.I.Sh. (hammualliflar)

 

Ish joyi (to’liq ko’rsatiladi)

 

Lavozimi

 

Ilmiy darajasi va unvoni

 

Tezis nomi

 

Shahar, tuman

 

Ko’chasi, uyi

 

Uy telefoni, ish telefoni, mobil telefoni

 

e-mail

 

 

Fayl ko`chirish

http://samdu.uz/assets1/plugins