Yaponiyaning Hosey universiteti 2022 yil aprel yoki oktyabr oylaridan boshlab 6 oylik almashinuv dasturi asosida xorijiy iznuvchilarga moljallangan grant stipendiya dasturiga doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarning  tahsil oilishlari uchun imkoniyatlarni

 

1980 yilda Hosey universiteti o'zining 100 yilligini nishonladi. Ushbu voqeani xotirasi uchun, Hosey universitetining Xalqaro Jamg'armasi tomonidan ushbu universitetida ilmiy tadqiqot olib borish uchun xorijiy olimlarni taklif qiladi.

Hosey universiteti xalqaro jamg'armasi taklifnomalari va stipendiyalari doktoranturada tahsil olayotgan (yoki doktorant darajasiga ega) yosh olimlar uchun Hosey universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda qisqa meuddatli tadqiqot dasturini davom ettirishlari uchun mo'ljallangan. Bu o’z navbatida, Hosey universitetining  qo’shma hamkorligi va rahbarligi ushbu universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirishga qaratailgan.

Dasturda qatnashish uchun:

1. Doktorantura yo’nalishida ro’yxatdan utgan, doktorantura darajasiga ega yoki shunga ekvivalent dajada bo’lishi;

2. Yapon yoki ingliz tillarini mukammal bilishi;

3. 2022 yil 1 aprel kuniga qadar 39 yoshda oshmagan.

Stipendiya:

Hosey universiteti xalqaro jamg'armasi  oyiga 300,000 Yapon yeni miqdorda stependiya, bundan tashqari Yaponiyaga borish va kelish to’liq yoki qisman aviachiptalarni (ekanom) o’z ichiga oladi.

Tadqiqot gumanitar, ijtimoiy, tabiiy fanlar yoki muhandislik sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Hosey universiteti xalqaro jamg'armasi ilmiy izlanishlarida ilmiy maslahatchidan yordam olishlari, ma'ruzalar va seminarlarda qatnashishlari hamda Hosey universitetining boshqa imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin. Hosey universiteti xalqaro jamg'armasi ega tadqiqotchilar 2022 yilning aprel yoki oktyabr oylarida o'qishni boshlashlari mumkin.

Arizalarni qabul qilish muddati:

Ariza ingliz yoki yapon tillarida tayyorlanib, 2021 yil 1 iyungacha taqdim etilsh shart.

Nomzodlar uchun batafsil ma’lumotlar va so'rovnomalar https://www.global.hosei.ac.jp/en/researchers/hif/

Havolasidan olishlari mumkin. 

E’lon to’g’risida qoshimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat etish mumkin.

Tel: 66 2391079 E-mail: irossu1420@gmail.com