Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

"Quyosh-Iqlim" vebinari

Astronomiya kafedrasi Kosmik ta'lim va tadqiqotlar jamg'armasi (SERF) ko'magida "Quyosh-iqlim" mavzusidagi ilmiy vebinar haqida e'lon qiladi. To'rtta veb-seminar 26, 27, 28 fevral va 1 mart kunlari (har kun) soat 11:00 - 12:00 da bo'lib o'tadi.

1) 2018 yil 26 fevral: Quyosh va uning variatsiyalari.

2) 2018 yil 27 fevral: Yer atmosferasining tuzilishi.

3) 2018 yil 28 fevral: Quyoshning iqlim va atrof-muhitga ta'siri.

4) 2018 yil 1 mart: Atmosferik kuzatuvlarning kelgusi muammolari.

Faol ishtirokchilar baholanadi va rag'batlantiriladi. Imtiyozlar tadqiqot grantlari, stipendiyalar, ilmiy stajirovkalar qo'llab-quvvatlash va boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Yaqin kelajakda ko'proq seminarlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Hamma xoxlovchilar shu ssilkadan ro'yxatdan o'tishi mumkin: https://serfahmedabad.blogspot.in/

Veb-seminarlar Fizika fakultet binosini uchinchi qavatida joylashgan SamDU Axborot texnologiyalari markazida o'tkaziladi .