Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Isroilda o'quv kurslari

Isroilning Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi (MASНАV) tomonidan Isroilda o'quv kurslarini e'lon qilish haqidagi ma'lumotini taqdim etamiz.

O'quv kursining nomi - Special and Inclusive Education (6 - 25 may). Arizalarni topshirish muddati - joriy yilning 5-martigacha. O'quv kurslari ingliz tilida ish olib boradi.

Isroil tomoni belgilangan kurslarda turar joylar, ovqatlanish, o'quv mashg'ulotlari, professional va madaniy sayohatlar bilan bog'liq xarajatlarni qoplaydi.

Tashkilotchilarning talabiga binoan ishtirok etish uchun ariza va sog'lig'i holati haqidagi tibbiy shakl quyidagi elektron manzilga yuborilishi kerak:

mashav@tashkent.mfa.gov.il

(aloqa operatori - Y. Olxovskaya, telefon: +99871 140 75 11)