Britaniya Kengashi “Kreativ tadbirkorlik ta’limining barqaror rivojlanishi: ta’lim sohasi global muammolarga qanday javob beradi?” mavzusida joriy yil 13-oktabr kuni onlayn davra suhbatini e'lon qiladi

Britaniya Kengashi tomonidan “Kreativ tadbirkorlik ta’limining barqaror rivojlanishi: ta’lim sohasi global muammolarga qanday javob beradi?” mavzusida joriy yil 13-oktabr kuni soat 15.00 da onlayn davra suhbati tashkil etilmoqda.

Mazkur davra suhbatida bir qator mavzularda munozaralar bo‘lib o‘tishi va unda respublika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Davra suhbati bilan bog‘liq masalalarga mas‘ul xodim – Ixlasova Indira, Britaniya Kengashi loyiha mutaxassisi, tel.:+99894 6550181, e-mail: indira.ikhlasova@britishcouncil.org