Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

«Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi muammolari»  mavzusida konferensiya 

2018 yil 28 mart  kuni  SamDU  tarix fakultetida O‘zbekiston respublikasida 2018   yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnikaviy anjumanlar rejasiga asoslangan  holda «Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi muammolari»  mavzusida Respublika ilmiy  konferensiya  bo‘lib  o‘tadi.

Konferensiyaning  maqsadi: Markaziy Osiyo hududida ilk davlatchilik tarixi va uning bosqichlari, o‘rta asrlar, mustamlaka va mustabid tuzum davrlari, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot, hamda arxeologiya, umuman tarix fani sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari keng muhokama qilinadi. Shuningdek, tarix va arxeologiya fanlari sohasida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda ilmiy-tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq etish nazarda tutiladi.

Konferensiya rasmiy tillari – o‘zbek va rus tillari.

Ma’ruzalarga qo’yiladigan talablar

Ma’ruza  matnlari  tahrir  qilingan  holda o‘zbek va rus tillarida  A4  kattalikdagi  qog‘ozga, qatorlari  orasi  1 interval  holda,  yuqoridan  va  pastdan 2,5 sm,  chapdan  3sm, o’ngdan 1,5 sm joy  qoldirilgan holda qabul qilinadi. Bundan tashqari,  ma‘ruzalarning elektron  nusxasi ko‘rsatilgan manzilga jo‘natilishi talab etiladi. Fayl  nomi  lotin  harflarida  muallif  familiyasi  bilan yozilishi  kerak,  masalan: Yuldasheva D.B.doc.

Ma’ruzaning  nomi  bosh  harflar  bilan  yoziladi va bitta  bo‘sh  qator qoldirilib, navbatdagi  qatordan muallifning  ismi-sharifi, doimiy ish joyi yoziladi. Matnning oxirida muallif  bilan  bog‘lanish  uchun zarur  bo‘lgan ma’lumotlar keltiriladi. Matn Word (2003)  muharririda Times New  Roman shriftida 14 o’lchamda  va  3-4 bet  bo’lishi  talab  etiladi.

Konferensiya  mavzusiga  to‘g‘ri kelmaydigan va nashr etish  talablariga javob  bermaydigan  ma’ruzalar dasturga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Ma’ruza  matnida keltirilgan  ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar  javobgardir.

Konferensiyaga ma’ruzalar  taqdim  etish  muddati  2018  yil 10 martgacha. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim  etilgan ma’ruzalar ko‘rib chiqilmaydi. 

Tashkiliy qumita bilan bog‘lanish:

Telefonlar: (99866) 239-12-29, (+99897) 921-85-79, (99866) 239-18-26

Elektron manzil: akbar.nazarov89@mail.ru 

Manzil: 140104, Samarqand, Universitet hiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti.

Mas’ul: G‘oyibov B.S. (0-366-239-18-26)