Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

“Matematikaning yangi natijalar va ularning tatbiqlari” respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi

2018 yil 14-15 may kunlari Samarqand davlat universitetida “Matematikaning yangi natijalar va ularning tatbiqlari” respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tadi. Konferentsiya ishida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha masalalar rejalashtirilmoqda:

  1. Matematik analiz
  2. Xususiy hosilali tenglamalar
  3. Zamonaviy matematik fizika
  4. Ehtimollar nazariyasi va uning tatbiqlari
  5. Algebra va funktsional analiz
  6. Matematikani va informatikani o'qitish metodikasi

 Konferentsiyaning rasmiy tillari –o'zbek, rus va ingliz.

Tezislarni rasmiylashtirish tartibi:

Tezis hajmi – matnning to'liq bir beti qog'oz yoki elektron ko'rinishida taqdim etiladi. Qog'oz formati A4 (210x297). Hoshiyalar: pastdan va yuqoridan – 25 mm, chapdan – 30 mm, o'ngdan – 15 mm, satrlararo interval – “odinarny”. Matn to'laligicha Times New Roman shriftida teriladi, shrift o'lchami 14, stil – “obchny”. Ma'ruza matni o'zbek, rus yoki ingliz tilida, hajmi 2 betgacha.

Sarlavha qalin, bosh harflar bilan, mualliflar, muassasa va e-mail yozilishi kerak. Ma'ruzachining familiyasi tagiga chizilgan bo'lishi kerak.

Matn kengligi bo'ylab tekislangan holda teriladi. Rasmlar (bittadan ko'p bo'lmagan) tekst “ichiga” kiritilgan bo'lishi kerak.

Tezis faylining nomi lotin harflarida yozilishi hamda birinchi muallifning familiyasi va ism, shariflaridan iborat bo'lishi kerak, masalan: Safarov A.R.

Materiallarning elektron shakli .doc yoki .rtf kengaytmali, Microsoft Word 2003 matn muxarririda terilgan bo'lishi kerak.

Tashkiliy qo'mita, konferentsiya mavzulariga mos kelmagan va rasmiylashtirish talablariga javob bermagan tezislarni rad etishga xaqlidir. Tezislarni ko'rib chiqish natijalari tashkiliy qo'mita tomonidan mualliflarga elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Konferentsiyada ishtirok etish uchun qayd shaklini va tezislarni 2018 yilning 1 apreligacha jo'natishingizni so'raymiz.

Tashkiliy qo'mita konferentsiyaga qadar ma'ruza tezislarini nashr ettirishni rejalashtirganligini hisobga olib, konferentsiya badali 50000 so'm etib belgilangan.

 Murojaat uchun tashkiliy qo'mita koordinatalari:

Telefonlar:  (99866) 239-12-29, (+99897) 397-04-36, (+99891) 298-56-85, (+99890) 604-31-16

Elektron pochta: konf.r2018@gmail.com

Manzil: 140104, Samarqand sh., Universitet xiyoboni 15, Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti. Koordinator Bozorov Islom.