Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

«Koreya Respuplikasida ta'lim» ko'rgazmasi

Koreya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasining Ta'lim Markazi «Koreya Respuplikasida ta'lim» ko'rgazmasini o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Ko'rgazmaning maqsadi - Koreya Respublikasi oliy ta'lim tizimi bilan tanishtirish, O'zbekiston vakillari ishtirokida Koreya Respublikasidagi universitetlarning bakalavriat, magistratura, doktorantura  dasturlari taqdimoti.

Ko'rgazmani o'tkazish sanasi va joyi: 2018 yil 9 -10 may kunlari soat 10:00-17:00, Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi Ta'lim markazining binosida (Toshkent sh., Talimarjon 3, mo`ljal: "Elektroapparat" zavodi)

Yuqorida ko'rsatilgan ko'rgazmada talabalar, magistrantlar, oliy o'quv yurtlari doktorantlari bo'sh vaqtlarida ishtirok etishlari mumkin.

Ko'rgazmaga kirish bepul.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun telefon: (0371) 246 10 78.