Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Novosibirsk davlat texnika universitetidagi vebinar

2018 yil 18 maydan 20 maygacha Novosibirsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning III talabalar forumi (bundan buyon-Forum) bo'lib o'tadi.

Forumda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Sibir federal okrugidagi vakolatli vakili S.I. Menyaylo, Rossiya Federatsiyasining Ta'lim va fan vazirligining rahbarlari, Rossotrudnichestvova Rosmolodej rahbarlari, konsullar, elchilar, vazirlik rahbarlari va ShHTga a'zo davlatlarning ta'lim departamentlari, ShHTni kuzatuvchi davlatlar, Rossiyadagi chet ellik talabalar uyushmasining prezidenti ishtrok etadi.

Forum doirasida 19 may kuni (10:00-11:30 MSK) Novosibirsk davlat texnika universiteti negizida ShHT mamlakatlari hamkor universitetlari bilan veb-seminarlar o'tkaziladi: "Talabalarning o'quv va tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo'yicha oily o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlik tajribasi. Eng yaxshi dasturlar".

Ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan o'qituvchilar va xodimlarni, aspirantlar va talabalarni taklif qilamiz.

11.05.2018 ga qadar ishtirokchilar Novosibirsk viloyati Ta'lim Vazirligining saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak. Kontseptsiya, forum dasturi haqida ma'lumot va electron ro'yxatga olish shakli ushbu sayt orqali amalga oshiriladi. https://minobr.nso.ru/page/6958.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun tel. 239 10 79. (Xalqaro aloqalar bo’limi)