Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

PhD tanlovi

Kent universiteti qoshidagi Global Evropa markazi Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan Global Calling Research Foundation (GCRF) fondi bo'yicha uch yillik PhD grantiga da'vogarlar tanlovini e'lon qiladi.
Doktorantura joriy yilning sentabr oyida boshlanadi va Kent universiteti Siyosiy va xalqaro tadqiqotlar maktabida o'tkaziladi. Arizalar Evroosiyo hududida geosiyosiy jarayonlarni tadqiq etish bilan shug'ullanadigan yosh olimlar va tadqiqotchilar (ingliz tilini yaxshi biladigan) tomonidan topshirilishi mumkin. Joriy yilning may oyi oxiriga qadar qabul qilingan arizalarni ko'rib chiqqach, suhbatlar o'tkaziladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun E.Korosteleva@kent.ac.uk, professor E. Korostelevaga murojaat qilishingiz mumkin.