Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

Hindistonga o’qishga marhamat

2018-2019 yillarda HindistonTexnik-iqtisodiy hamkorlik (ITEC) trening dasturlari doirasida tashkil etilgan o'quv dasturlarida ishtirok etish uchun anketalarni qabul qilish tartibi boshlanishi haqida ma'lumot.

ITEC haqida ma'lumot, tavsiya etilgan ta'lim dasturlari, ushbu dasturda ishtirok etish shartlari va qo’shimcha ma’lumotlar quydagi saytda berilgan: itecgoi.in.

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

- yoshi - 25 dan 45 yoshgacha;

- ingliz tilini mukammal bilishi;

- kerakli malakaga ega va shahsiy o'quv dasturlarining mezonlariga javob beradigan bo’lishi kerak.

Ariza beruvchilar yuqoridagi veb-saytda onlayn anketani to'ldirishlari kerak. Bundan tashqari, chop etilgan anketa O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Hindiston elchixonasiga kelgusida jo'natish uchun rektorning yo'llagan maktubi bilan birga Oliy ta'lim vazirligiga yuborilishi kerak.

Xalqaro aloqalar bo'limi