Address:140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


YADRO FIZIKA LABORATORIYASI

Laboratoriyada Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan MT-22S rusumli elektronlar tezlatkichi o‘rnatilgan, uzunligi 300 metr bo‘lgan yer osti kanali noyob va o‘ta murakkab tajribalarni o‘tkazishga imkon beradi. Eksperimental yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, radiatsion materialshunoslik, radiobiologiya va radioekologiya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zRFA ITIlari, xususan YaFI bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi va oliy malakali kadrlar tayyorlanadi.

 

ZOOLOGIYA MUZEY-LABORATORIYASI


Muzey 1934 yilda tashkil topgan. 5000 dan ortiq umurtqali hayvonlar, 10000 tur hasharotlar, jami 100 dan ortiq hasharotlar entomologik kolleksiyasi mavjud. Osteologik kolleksiya tarkibida qushlar, sut emizuvchilar, umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suv va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinflariga mansub eksponatlar mavjud. Bu laboratoriyada talaba va magistrantlar BMI va MDlarini bajarishadi. Zoologiya muzeyida Janubiy va Shimoliy Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyo, Avstraliya qit’alarida yashaydigan hayvon eksponatlaridan iboratdir. Muzeyning diqqatga sazovor eksponatlaridan yana bir guruhi bu O‘zbekiston va Halqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvonlar hisoblanadi.

 

ALISHER NAVOIY MUZEYI


Alisher Navoiy muzeyi bazasida 2014 yilda A.Navoiy nomidagi SamDU ilmiy-amaliy muzey-laboratoriyasi tashkil qilindi. Muzey-laboratoriya ekspozitsiyasi 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, uning markaziy qismida Alisher Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar joylashgan. Muzey-laboratoriya tarix va filologiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va magistrant uchun ilmiy-tadqiqot, o‘quv-amaliy va madaniy-tarbiyaviy baza sifatida faoliyat ko‘rsatadi.