Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


Samarqand Davlat universitetida iqtidorli talabalari 

Samarqand Davlat universitetida iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash va munosib rag’batlantirish borasida ijobiy an’analar shakllanib kelmoqda. Universitetda iqtidorli talabalarni ilmiy izlanish va ijodiy muhitga kirib kelishlari ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalari, turli tanlovlar, Davlat dasturi asosida bajarilayotgan ilmiy loyihalarga jalb etish hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, konferensiya va seminarlar, talabalar ilmiy jamiyatlari va konstruktorlik byurolariga jalb qilish, shuningdek ilmiy va ommaviy nashrlarda maqola, hikoya va she’rlarini chop etishlari va mustaqil ijodiy izlanishlar olib borishlariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Samarqand Davlat universiteti talabalari har yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalari hamda talabalar Respublika fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. 
Mustaqillik yillarida 16 nafar talabalarimiz O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 98 nafar talabalarimiz esa Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo’lishdi. 
Talabalar Respublika Fan olimpiadalarida 180 nafardan ortiq talabalarimiz faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Bundan tashqari har yili 20 nafarga yaqin talabalarimiz iqtidorli talabalarni rag’batlantirish maqsadida ta’sis etilgan akademiklar: Akbar Otaxo’jayev, Vohid Abdullayev va G’ofur G’ulom, Boturxon Valixo’jayev, Sa’di Sirojiddinov, Ibrohim Mo’minov, Yahyo G’ulomov, Qodir Zokirov va Jo’ra Saidovlar nomidagi universitet stipendiyalari sovrindorlari bo’lishadi.

 

Ibragimov Zarif Olim o’g’li

1994-yilda tug’ilgan, millati o’zbek, mexanika-matematika fakulteti 4-kurs talabasi. Ibragomov Zarif fanlarni chuqur o’zlashtirish bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda. Uning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari Xalqaro, Respublika miqyosida chop etiladigan nufuzli ilmiy jurnallarda chop etib kelinmoqda.

Zarif Ibragimov ingliz tilida erkin gaplashadi. Zarif Ibragimov bir necha bor xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan. Jumladan, 2010-2011-2012-yillar Xalqaro Matematika olimpiadasida O’zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. 2010-yilda Astana shahrida bo’lib o’tgan 51-Xalqaro Matematika olipiadasida kumush medal, 2011-yil Gollandiyaning Amsterdam shahrida 52-Xalqaro Matematika olimpiadasida sertifikat bilan taqdirlangan. 2011-yilda “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni sohibi.

2015-2016-o’quv yilida Tabiiy fanlar ta’lim yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi tanlovi g’olibi.

Kadirova Barno Turanboy qizi

1993-yil Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, huquqshunoslik fakulteti 4-kurs talabasi. Kadirova Barno Turonboy qizi iqtidorli talaba sifatida “Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish muammolari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda va izlanishlari natijasi sifatida 5 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika miqyosida chop etilayotgan gazeta va jurnallarda hamda viloyatlarda bo’lib o’tgan konferensiyalar materiallarida chop etilgan.

2015-2015 o’quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Описание: F:\Nodir Xushvaqtov.JPG

Xushvaqtov Nodirjon Xakim o’g’li

1995-yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, tarix fakulteti 3-kurs talabasi.

Xushvaqtov Nodir Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda tarli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o’z ustida muntazam ishlaydi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri sanaladi.

2015-2016 o’quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

A’zamov Dilnur O’lmas o’g’li

1995-yil Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi.

A’zamov Dilnur Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda tarli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalari Respublika miыyosida chop etiladigan ilmiy jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o’z ustida muntazam ishlaydi.

2015-yilda “Menejment va marketing” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli ikkinchi o’rinni egalladi.

2015-2015-o’quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

 

Davronova Robiyaxon Kamolidinovna

1995-yil Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, tabiiy fanlar fakulteti geografiya bo’limi 3-kurs talabasi.

Davronova Robiyaxon OTMlar miqyosida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda tarli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Jumladan, 2015-yil 5-iyunda Toshkent shahrida o’tkazilgan “Global iqlim o’zgarishiga moslashish bo’yicha eng yaxshi g’oya – 2014-2015” Respublika tanlovida “Eng yaxshi loyiha ” nominasiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritgan.

Bir nechta ilmiy maqolalar muallifi Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi.

2015-2015 o’quv yilida Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Nuritdinova Hilola Abduraxmanovna

1987-yil 28-may Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug`ilgan.
Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti magistranti
2010-2011 o‘quv yilida Vohid Abdullaev stipendiyasi sovrindori.
2017-2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat Stipendiyasi sovrindori.
Nuritdinova Hilola Abduraxmanovna, 1987-yil 28-mayda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2003 yil SamDU qoshidagi 1-son akademik litseyining tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. 2008–yilda Samarqand davlat universitetining San’atshunoslik fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 2016–yilda Samarqand davlat universiteti Magistraturasiga Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilingan.
 

Sadullayeva Bahora Ahmadovna

  1. 20-mart Samarqand shahrida tug`ilgan.
    Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti talabasi.
    2017-yilda Moskvada o’tkazilgan “Modern science in the XXI century: Main problems and stages of development“ nomli “Ru-science” xalqaro ilmiy konfrensiyasida o’z maqolalari bilan ishtirok etgan.
    2016-2017 o’quv yilida Vohid Abdullayev nomidagi universitet stipendiyasi sovrindori.
    2017-2018 o’quv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
    Sadullayeva Bahora Ahmadovna, 1996 yil 20 martda Samarqand shahrida ziyoli oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek. 2011 yil Samarqand davlat univesiteti qoshidagi 1-son Akademik litseyiga o’qishga qabul qilingan. 2014-yilda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakultetiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilingan.

Imomqulova Gulchehra Norboboyevna

  1. 11-oktabr Samarqand shahrida tug`ilgan.
    Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi.
    2016-yilda Rossiyada oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konfrensiyalarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etgan.
    2016-2017 oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
    Imomqulova Gulchehra Norboboyevna, 1995 yil 11 oktabrda Samarqand shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan. Millati o`zbek. 2011-yil SamISI qoshidagi 1-son akademik litseyiga o`qishga qabul qilingan. 2014 yilda Samarqand davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetiga shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan.

Aminova Nafisa Istamovna

1996-yil 30-iyul Samarqand shahrida tug`ilgan.
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi.
«Учёный XXI века», «Интернаука», «Молодой ученый», «Problems of modern science and education», «Buyuk ipak yo’lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferansiyalarda o’z maqolalari bilan ishtirok etgan.
2016-2017 oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
Aminova Nafisa Istamovna, 1996-yil 30-iyunda Samarqand shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 2011-yil Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseyga qabul qilingan. 2014-yil akademik litseyni a’lo baholarga bitirib, 2014-yil Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetiga shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan.

Qurbonov Samgin Azamat oʻgʻli

1995-yil 6-iyul, Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug`ilgan.
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi. 2017-yilda Rossiyada oʻtkazilgan xalqaro ilmiy konfrensiyalarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etgan.
2017-2018 oʻquv yilida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
Qurbonov Samgin Azamat oʻgʻli, 1995-yil 6-iyulda Samarqand viloyati Nurobod tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. 2011-yil Nurobod maktabgacha ta’lim va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejiga oʻqishga qabul qilingan. 2014-yilda Samarqand Davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetiga shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan.

Samadov Aziz Ilxomovich

1989-yil 25-iyul, Samarqand Samarqand shaharida tug`ilgan.
Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakulteti talabasi. 2017-yilda Rossiyada oʻtkazilgan «Молодежь и XXI век – 2017» xalqaro ilmiy konfrensiyalarda oʻz maqolalari bilan ishtirok etgan.
2017-2018 oʻquv yilida Ulug`bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
Samadov Aziz Ilxomovich 1989-yil 25-iyulda Samarqand viloyati Samarqand shahrida ishchi oilasida tugʻilgan Millati oʻzbek. 2004-yil Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan. 2015-yilda Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika va informatika fakultetiga shartnoma asosida oʻqishga qabul qilingan.

Avezov Humoyun Ilhomovich

1993-yil 11-mart Xorazm viloyati Urganch shahrida tug`ilgan.
Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabasi.
2017-2018 o’quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.
Avezov Humoyun Ilhomovich, 1993-yil 11-martda Xorazm viloyati Urganch shahrida ziyoli oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek. 2008 yil Samarqand viloyati Pastdarg’om tuman Avtomobil va yo’llar kollejiga o’qishga qabul qilingan. 2014 yilda Samarqand Davlat universiteti Pedagogika fakulteti psixologiya yo’nalishiga o’qishga qabul qilingan.

Samadov Aziz Ilxomovich, “Tabiiy fanlar” ta’lim yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindori

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 10-sentyabrdagi 778-sonli buyrug’iga muvofiq 2018-2019-o’quv yili uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga 23-28 sentyabr kunlari tanlov o’tkazildi. Tanlov natijalariga ko’ra Samarqand Davlat universitetining amaliy matematika va informatika fakulteti talabasi Samadov Aziz Ilxomovich Tabiiy fanlar ta’lim yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi sovrindorligini qo’lga kiritdi.
Samadov Aziz 2015-2016 o’quv yilda Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakultetiga o’qishga qabul qilingan.
Samadov Azizning bir necha ilmiy maqolalari Respublika miqyosida chop etiladigan jurnallarda chop qilingan.
Samadov Aziz talabalar o’rtasida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida faol ishtirok etib keladi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi. 2017-2018 o’quv yilida Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori. Ilmiy ishlanma uchun olingan 2 ta patentga hammuallif sanaladi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 10 sentyabrdagi 778-son buyrug’iga muvofiq tuzilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo’yicha tanlov komissiyasining 2018-yil 24-sentyabrdagi bayonnomasiga asosan Samarqand Davlat universitetining quyidagi talabalari 2018-2019-o’quv yili uchun O’zbekiston Rspublikasi Navoiy, Ulug’bek, Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindorlari bo’ldilar.

Kamolova Nilufar Davir qizi,
Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti talabasi.
Kamolova Nilufar Davir qizi har yili talabalar o’rtasida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarda hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Chim ustida xokkey bo’yicha ayollar o’rtasida O’zbekiston ochiq kubogida 10 karra faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Bundan tashqari Viloyat miqyosida o’tkazilgan tadbirlarda faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan. Sport bilan shug’ullanish barobarida ilmiy tadqiqot sohasida ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 10 dan ortiq maqolalari Xorij va Respublika miqyosida chop etiladigan ilmiy jurnallarda chop etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi. Kamolova Nilufar o’zining ijodkorlik qobiliyati, odobi, xulqi, mehnatsevarligi, ilmsevarligi, insonparvarligi, o’z vatanining yosh vatanparvari sifatida kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo’lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlarini namoyon qilib kelmoqda.

Hasanov Habibullo O’tkirjon o’g’li,
Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Xasanov Xabibullo Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot va biznes fakulteti talabasi.
Xasanov Xabibullo Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o’z ustida muntazam ishlaydi.
2017-yilda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fani bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o’rinni egallagan. 2017-yilda Vohid Abdullayev nomidagi universitet stipendiyasi sovrindori. 2017-yil ilmiy tadqiqot ishlari yakunlari bo’yicha 2018-yil 29-31 mart kunlari o’tkazilgan professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning ilmiy konferensiyasi yakunlari bo’yicha «Yilning eng faol iqtidorli talabasi» nominasiyasi g’olibi bo’ldi.

Umirov Islombek Furqatovich,
Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Umirov Islom Furqatovich Samarqand davlat universiteti Iqtisodiyot va biznes fakulteti talabasi.
Har yili o’tkaziladigan talabalar ilmiy konferensiyalarida hamda talabalar fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib keladi.
Bir nechta ilmiy va ilmiy ommabop maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o’z ustida muntazam ishlaydi. 2018-yilda “Menejment” fani bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o’rinni egallagan.

Eshtemirov Bunyod Sherali o’g’li,
Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Eshtemirov Bunyod 2015-2016 o’quv yilida Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakultetiga o’qishga qabul qilingan.
Har yili o’tkaziladigan talabalarning ilmiy konferensiyalarida muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalari Respublika va viloyat miqyosida chop etiladigan jurnallarda nashr etilgan. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o’z ustida muntazam ishlaydi. 2 ta ilmiy ishlanma uchun olingan patentga hammuallif sanaladi. 2017-2018 o’quv yilida akademik Sa’di Sirojiddinov nomidagi universiteti stipendiyasi sovrindori.

Sultonov Sanjar Jaxongir o’g’li,
Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori

Sultonov Sanjar Jaxongir o’g’li 2016-2017 o’quv yilida Samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetiga o’qishga qabul qilingan.
Sultonov Sanjar Respublika va viloyat hamda OTMlar miqyosida o’tkaziladigan ilmiy konferensiyalarida hamda turli tanlovlarda muntazam ishtirok etib keladi. Bir nechta ilmiy maqolalar muallifi. Rus va ingliz tillarini yaxshi biladi, o’z ustida muntazam ishlaydi. Fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib keladi. O’zbekiston Yoshlar ittifoqi SamDU boshlang’ich tashkiloti a’zosi. Universitet va fakultet jamoat ishlarida faol talabalardan biri sanaladi.

 

Samarqand davlat universiteti stipendiatlari to’g’risida ma’lumot