Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


XORIJIY TALABALAR TURAR JOYLARI

Xorijiy talabalarga yotoqxona bepul taqdim etiladi.

O’qish davrida Sizga talabalar shaharchasida joylashgan yotoqxonada o’rin ajratiladi. Qulay va shinam xonalar 2-3 kishiga mo’ljallangan. Shuningdek Sizga yuvinish xonasi va oshxona ajratiladi.

Yotoqxona – bu ko’p millatli talabalar oilasi, u yerda yashash sizga juda ko’p quvonch va yangi tanishuvlar olib keladi deb umid qilamiz, chunki aynan shu yerda butun dunyo bo’ylab ko’plab do’stlar topasiz. O’zbekistonlik talabalar bilan muloqot esa nafaqat o’zbek madaniyati bilan tanishishingizga, balki o’zbek tilini o’rganishingizga ham  yordam beradi.

Bu ma’lumotlar Sizga foydali bo’ladi va Samarqand davlat universiteti talabasi bo’lishingizga ko’maklashadi degan umiddamiz! Siz o’zingizni qiziqtirgan savollar va masalalar bo’yicha har doim bizga murojaat qilishingiz mumkin!

Universitetimiz haqida batafsil ma’lumotlarni quyidagi manzillardan olishingiz mumkin: www.samdu.uz

e-mail: irossu@samdu.uz