Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


ASTRONOMIYA O‘QUV-ILMIY MARKAZI

Markaz optik ko‘zgusi diametri 48 sm bo‘lgan Grubb Parsons teleskopi, “Zaryadli aloqa qurilmasi va internet tizimiga ulangan zamonaviy kompterlar bilan jihozlangan. Markaz (observatoriya)da talabalar osmon jismlarini kuzatishadi, BMI va MD ishlarini bajarishadi. O‘zFA AI bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkaziladi.

 

BIO-XILMA XILLIK VA EKOLOGIYA O‘QUV-ILMIY KOMPLEKSI

O‘zRFA «O‘simliklar va hayvonlar olami genofondi» instituti hamda «Zarafshon» qo‘riqxonasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan. Davlat dasturlari asosida 2 ta amaliy va 1 ta innovatsion loyihalar bajarildi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan «Razrabotka meropriyatiy po oxrane rastitelnogo i jivotnogo mira srednego techeniya reki Zarafshan» mavzusida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqotlar olib borildi.
Botanika oranjereyasi – mintaqada bioxilma-xillikni saqlash, noyob o‘simliklarni ko‘paytirish va madaniylashtirishga xizmat qiladi. Oranjereya PROON (SGP GEF UNDP) fondi granti hisobidan qaytadan ta’mirlandi, isitish tizimi asbob-uskunalar bilan yangilandi va temperaturani tegishli tarzda o‘zgartirish hamda mo‘’tadillashtirish imkoniyati yaratildi.

 

BOTANIKA O‘QUV-TAJRIBA MAYDONCHASI

Samarqand shahrining Xishrav qo‘rg‘oni hududida 36,2 gektar yerda tashkil qilingan. Bu joyda manzarali va mevali daraxtlar bilan bir qatorda, Zarafshon vohasi, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning hududlarida o‘sadigan o‘simliklarni iqlimlashtirish va madaniylashtirish, yangi ko‘chatlarni yetishtirish orqali talaba va magistrantlar uchun o‘quv-ilmiy tajriba uchastkasiga aylantirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

 

«YASHIL KIMYO» O‘QUV-ILMIY KOMPLEKSI

O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo hamda O‘simlik moddalari kimyosi institutlari hamkorligida tashkil qilingan. Markazda Davlat dasturlari doirasida 3 ta fundamental va 3 ta amaliy loyihalar bajarildi hamda olimlarimiz tomonidan yaratilgan «Etanolni aniqlovchi termokatalitik datchik» ishlanmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligidan patent olindi. OA SP «O‘zBAT OA» bilan «Utilizatsiya nikotina v propanole 40 l» va «Jizzaxagrokimyoximoya» XAJ bilan «Yengil yonuvchan materiallarni qiyin yonuvchan formaga o‘tkazuvchi antiperen preparatlar ishlab chiqish» mavzularida 2 ta xo‘jalik shartnomalari bajarildi.