Kafedra mudiri

Jabborov Elmurod Yazdanovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: 99898 210-22-88
  •  Elektron pochta: jelmurod-76@yandex.ru

Biografiya

1993-1998 - yillar Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti talabasi;

1998-2001 - yillar Samarqand davlat universiteti  aspiranti;

2001-2005 - yillar Samarqand davlat universiteti “Oliy matematika”  kafedrasi assistenti;

2005-2012 yillar Samarqand davlat universiteti “Algebra va geometriya” kafedrasi assistenti;

2012- 2021 – yillar Samarqand davlat universiteti “Algebra va geometriya” kafedrasi assistenti, dosenti, katta o’qituvchisi;

2021 – yildan Samarqand davlat universitetining “Algebra va geometriya” kafedrasi mudiri.

 

Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasi 1962-yilda tashkil etilgan bo’lib, unga dosentlar R.Iskandarov, M.S. Sobirov, A.A. Amonov, G.Ergashevlar rahbarlik qilib kelishgan. Algebra va sonlar nazariyasi kafedrasida turli yillarda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi prof. Romanov N.T, dos. Baskov B.M., dos.Ibragimov M.I, dos.Shaxova L.V. prof. Zыkov A.A., prof. B.F.Skubenko, prof. X.N.Narzullayev, K.B.Bakiyev, katta o’qituvchilar Yu.Sharipov., A.S.Pen, dos. Akramov O’.A., dos. Jo’rayev Yu.Y., dos. F.Sharipovlar faoliyat ko’rsatishgan.

Geometriya kafedrasi 1972-yilda tashkil etilgan bo’lib, unga prof. E-A.Xatipov (1986-yilgacha), prof. A.R. Ortiqov, kat.o’qit. T. Temirovlar rahbarlik qilishdi. Geometriya kafedrasida turli yillarda dos. Amirov M.A., dos. X.M. Shodiyev, katta o’qituvchilar R.S.Sharipova, Z.A. Pashayev, X.A.Nasimov, N.Raxmatullayeva, fizika-matematika fanlari nomzodlari S. Rahmatov, N. Xudoynazarovlar faoliyat ko’rsatishgan.
1994-yilda bu kafedralar birlashtirilib algebra va geometriya kafedrasi deb nomlandi va unga 1996-yilgacha prof. A.R. Ortiqov, 1996-yildan 2010-yilgacha prof. A.S. Soleyev, 2010-yildan 2015-yilgacha dos. X.X.Ro’zimuradov, 2015-yil yanvar oyidan 2019-yilgacha  dos. G’.A. Xasanovlar kafedraga rahbarlik qilishgan. 2019 3-yanvaridan boshlab kavfedraga dosent X.X.Ro’zimuradov rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra ilmiy salohiyati quyidagi ilmiy maktablar faoliyatlari bilan bog’liqdir.
Nikolay Pavlovich Romanov 1944-yilda Tomsk Davlat universitetidan taklif etilgan bo’lib, u o’z atrofiga yosh olimlarni jalb etdi va matematikaning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha izlanishlar olib bordi: sonlarning analitik va additiv nazariyasi, operator dzeta funksiya nazariyasi, sonlar nazariyasi va gilbert fazosi, diskret o’zgaruvchi kompleks funksiyalar nazariyasi. Shu yo’nalishlar bo’yicha 11 nafar fan nomzodlari tayyorlandi. Jumladan, dos. M.S. Sobirov, X.A.Abdullayev, X.N. Narzullayev, I.Ya. Kasara, G.F. Korsakov, M.A. Subxankulov, N.X. Teshaboyevalar shular jumlasidandir.

Samarqand universitetida geometriya sohasida pedagog kadrlarni tayyorlashda 1944-yilda Samarqandga taklif etilgan professor Axmed Emir-Asan Xatipovning ham hissasi kattadir. Prof. A.E.- A. Xatipov geometriyaning har xil bo’limlaridan darsliklar yozish bilan birga O’rta Osiyoda o’rta asr matematikasi tarixi bo’yicha samarali mehnat qildi. Uning bu mavzuda yozgan ilmiy ishlari o’rta asr sharq olimlarining matematikaga oid ishlari bilan keng ommani tanishtirishda muhim rol o’ynadi.

Kafedraning ilmiy faoliyatida Sankt-Peterburglik olim B.F. Skubenkoning ham xizmatlari katta. B.F. Skubenko o’z shogirdlari bilan sonlarning geometrik nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar olib borib, Samarqandda sonlar geometriyasi bo’yicha o’ziga xos ilmiy maktab yaratdi. Bu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarga prof. X.N. Narzullayev rahbarlik qilib keldi. Bu ilmiy maktab asoschilari tashabbusi bilan 1972-yilda SamDUda sonlar nazariyasiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ilmiy izlanishlarni shu yo’nalish bo’yicha davom ettirib kafedra a’zolaridan A. Istamov, N.Axmedov, X. X.Muxsinov, U.A. Akramov A.Xurramov, X.X.Ro’zimuradovlar nomzodlik dissertasiyalarini yoqladilar. X.N. Narzullayev esa 1993-yilda doktorlik dissertasiyasini yoqladi.

Moskvalik prof. A.D. Bryuno ilmiy maktabining darajali geometriya yo’nalishi bo’yicha prof. A. Soleyev bir guruh yosh olimlar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Shu yo’nalishda Samarqand ilmiy maktabi yaratilib, uning asoschilari tashabbusi bilan Samarqandda uchtaa xalqaro konferensiya o’tkazildi (ICSTM-1996, CASC-2000, SMR2150-2009). Bu ilmiy maktabning aktiv a’zolari sifatida prof. I.Ikromov, dosentlar U.X. Narzullayev X.X.Ro’zimurodovlarni keltirish mumkin. Bu ilmiy maktab asosida kafedra qoshida O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadigan “Algebra va analizning nochiziqli muammolarini tadqiq etishda darajali geometriya va kompyuter algebrasi metodlarini rivojlantirish” mavzusida ilmiy loyiha faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat
•    Matematika  asoslari 
•    Algebra va sonlar nazariyasi 
•    Analitik geometriya 
•    Chiziqli algebra va geometriya
•    Diskret matematika va matematik mantiq 
•    Matematik mantiq
•    Differensial geometriya va topologiya  
•    Umumiy algebra (tanlov fan)
•    Kompyuter algebrasi tizimlari 
•    Geometriya asoslari
•    Geometriya 
•    Matematikaga kirish 
 

Magistratura
•    Abstrakt algebra 
•    Nochiziqli tenglamalar sistemasining umumiy nazariyasi 
•    Xalqalarning ideallari nazariyasi 
•    Mutaxassislik fanlariini o’qitish metodikasi