Kafedra mudiri

Kuljanov Utkir Nematovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +99897 919-34-17
  •  Elektron pochta: uquljonov@bk.ru

Biografiya

2001 – 2005 yillar Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti talabasi;

2005 – 2007 yillar Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti magistranti;
2008-2011 yillar Samarqand davlat universiteti “Matematik fizika va funksional” kafedrasi aspiranti;
2012-2013 yillar Samarqand davlat universiteti magistratura bo’limi katta lobaranti;
2013-2019 yillar Samarqand davlat universiteti “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi assistenti;
2020-2021 yillar Samarqand davlat universiteti “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi katta o’qituvchisi;
2021 –yil maydan Samarqand davlat universiteti “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi dotsenti;
2021 – yil 17-dekabrdan Samarqand davlat universitetining “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” kafedrasi mudiri v.v.b.

 

«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» kafedrasi tarixi

Kafedra "Umumiy matematika" nomi bilan 1936 yilda tashkil qilingan. Dastlab kafedra o‘qituvchilari ehtimollar nazariyasi bilan birga matematika, algebra va sonlar nazariyasi, chizma geometriya kabi fanlardan, keyinroq matematik tahlil fanidan dars berilgan. 1936-1941 yillarda kafedrani dosent Kuzinov R.P. boshqardi. Bu davrda Moskvada aspiranturani tugatib, kafedraga yosh geometr M.A. Sobirov ham ishga keldi, keyinroq unga fakultet dekani lavozimi yuklatildi. Kafedrada Kiyev universitetidan kelgan A.A. Shepelevskiy ishlay boshladi. 1938-yilda kafedraga Leningrad universiteti bitiruvchisi-dosent V.M.Baskov keldi. Unga kafedrada matematik tahlil bo‘yicha kurslarni o‘qish topshirilgan edi.

1944-yilda kafedra mudirligi lavozimi fizika-matematika fanlari doktori, professor N.P.Romanovga topshirildi. Uning rahbarligida M.S. Sobirov, X.A.Abdullayev, I.Ya. Kasara, N.X.Teshabayeva, M.A. Subxanqulov, X.N. Narzullayev, F.V.Tomashevich, B.Ya.Levin, S.U.Kurtyakovlar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar. Keyinchalik N.P.Romanovning shogirdlaridan M.A Subxankulov, B.Ya. Levinlar ilmiy natijalarni chuqurlashtirib, doktorlik dissertasiyalarini himoya qildilar va O‘zbekistondan tashqaridagi ilmiy markazlarga ishga taklif qilindilar.

Professor N.P.Romanov umumiy matematika kafedrasiga 1944-yildan 1951-yilgacha rahbarlik qildi va 1951-yilda u ToshDUga ishga o‘tdi.

1951-yildan 1961-yilgacha kafedra rahbarligini dosent R.I. Iskandarov bajardi.

1961-1971 yillarda kafedrani dosent V.M. Baskov boshqardi. Bu davrda kafedra tarkibiga 23 nafar ilmiy xodim bor edi. Bu davrda, 6 nafar chizmachilik va chizma geometriya bo‘yicha o‘qituvchi xodimlar ishga olindi.

1971-yildan kafedrani dosent Raxmonov R.R. boshqardi. Bu davrda fakultetda kafedralar ochilishi munosabati bilan uning tarkibiga tayyorlov bo‘limi bo‘yicha ilmiy xodimlar ishga qabul qilindi. Bu yillarda kafedrada ehtimollar nazariyasiga taaluqli fanlarni o‘qitish ham amalga oshirildi. Shu bilan birga maxsus kurslarni o‘qitish va diplom ishlarni himoya qilish yo‘lga qo‘yildi. Kafedra a’zolari akademik T.A. Sarimsoqov va akademik S.X. Sirojiddinovlar bilan mustahkam aloqani o‘rnatdi. Shu yillarda professor T.A.Azlarov kafedra maxsus fanlari bo‘yicha va diplom ishlariga rahbarlik uchun muntazam kelib turdi. T. A. Azlarov rahbarligida kafedra dosentlari B. Bozorov, Ya. M. Husainov, H. Kurbanovlar nomzodlik dissertasiyasi himoya qilishdi

1982-1988 yillarda kafedrani dosent V.B.Bozorov boshqardi. Bu yillarda kafedrada ilmiy izlanishlar kuchaytirildi, yosh o‘qituvchilar bilan kafedra tarkibi mustahkamlandi.

1988-93 yillarda kafedrani dosent G.V.Zloskiy boshqardi. Bu yillarda matematika o‘qitish uslubiyati bo‘yicha o‘quv va ilmiy jarayonlar kuchaytirildi. Mamlakat miqyosidagi muammoli seminar tashkil etilib, Moskva va boshqa shaharlar yetakchi olimlari va mutaxassislari taklif etildi. Jumladan, professorlar V.G. Boltyanskiy, G.D. Gleyzerlar bu seminarlarda bir necha marta ishtirok etib, ma’ruzalar qildilar. Shu bilan birga ta’limni isloh qilish bo‘yicha kafedrada zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

1992-yilda Samarqand davlat pedagogika instituti tugatilishi munosabati bilan kafedra tarkibiga shu institutning matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi a’zolaridan 9 nafari va fizika fakultetining oliy matematika kafedrasidan 3 nafar o‘qituvchi kafedra tarkibiga qo‘shildi.

1993-1999 yillarda kafedrani dosent I.B. Xoliqulov boshqardi. Bu yillarda mustaqillikning dastlabki yillarida oliy ta’limdagi islohotlar ham kafedrada shtat birliklari qisqarishiga olib keldi, lekin fanlarni o‘qitish va ilmiy-tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor va ma’suliyat kuchaydi.

1999-2004 yillarda kafedrani dosent Ya.M. Xusainov boshqardi. Bu davrda oliy ta’limda o‘qitish talablari kuchayganligi sababli kafedrada o‘quv adabiyotlari, dastur va rejalar ishlab chiqilib, joriy qilina boshladi. Jumladan, ma’ruza matnlari barcha fanlar bo‘yicha tayyorlandi va chop etildi. 2003-yilda 5A460104 -"Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika", 5A460107-"Matematika fanini o‘qitish metodikasi" mutaxassicliklari bo‘yicha magistraturalar ochildi.

2003-yildan boshlab kafedra nomi o‘zgartirilib "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika" deb atala boshlandi.

Kafedrani 2005-yildan 2013-yilgacha professor Djalilov A.A. boshqardi, 2013-yildan esa professor Abdullayev J.I.kafedra mudirligiga tanlov asosida saylandi. Ana shu yillarda kafedra ilmiy salohiyatini ko‘tarish va malakali yosh kadrlarni tayyorlash hamda xorij ilmiy aloqalarni kuchaytirish kabi yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi.

Kafedrani 2018-yil 1-sentyabrdan dosent H.Q.Qurbonov boshqardi. 2019-yil 11-yanvardan kafedra mudirligiga prof.A.M.Xalxo‘jayev tayinlandi. Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika o‘qitish usullari, oliy matematika va matematika fanlaridan matematika, amaliy matematika, fizika, tarix, iqtisod, mehnat ta’limi, o‘zbek filologiyasi, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, tojik filologiyasi, fakultetlarida va sirtqi va maxsus sirtqi bo‘limda talabalarga uchta tilda: o‘zbek, rus, tojik tillarida ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.

2020-yil avgust oyidan kafedrani dosent S. Xoliqulov boshqarib kelmoqda. Kafedra a’zolari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, matematika o‘qitish uslubiyati, differesial tenglamalar, matematik fizika va matematika tarixi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra a’zolarining ilmiy ishlari xalqaro va respublika ilmiy to‘plamlarida chop etilmoqda. Kafedra a’zolari xorij ilmiy markazlari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatganlar va bir nechta grant bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

«Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika» kafedrasi mustaqillik yillarida o‘quv, ilmiy, o‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta yutuqlarga erishdilar. 1991-yildan boshlab kafedrada o‘quv fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirish uchun muntazam ishchi dasturlar, texnologik xarita hamda o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlashni yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Xususan, mustaqillik yillarida kafedraning barcha fanlari bo‘yicha ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi va ular yangilanib borilmoqda

Dastlab shuni ta’kidlash kerakki kafedra a’zolari quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalarni Respublika miqyosida chop etishga erishdilar:

1. Abduhamidov A.U., Nasimov X., Nosirov A. Algebra va analiz asoslari. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. 1 va 2-qismlar-Toshkent:O‘qituvchi, 2002.

2.Nazarov X., Ostonov Q. Matematika tarixi. O‘quv qo‘llanma.-Toshkent, O‘qituvchi,1996.

3.Fayzullayeva S.F. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo‘llanma. -Toshkent: Fan, 2009.

4.Abdullayev J.I. Funksional analiz va integral tenglamalar. Darslik. Toshkent, 2015.

5.Abdullayev J.I., Ostonov Q., Mamirov B. Matematika (tarix yo‘nalishi talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar). O‘quv qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2018.

SamDU miqyosida chop etilgan ma’ruzalar matnlari:

1.Husainov Ya.M., Qurbonov H.Q. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Ma’ruzalar matni, SamDU,2001

2.Xoliqulov I.B. Ehtimollar nazariyasi. Iqtisod fakulteti talabalari uchun. SamDU, 2001.

3.Ostonov Q. Matematika va informatika o‘qitish uslubiyati. Ma’ruzalar matni.-SamDU. 2001

4.Husainov Ya.M., Muzrapov S.A., Ostonov Q. Oliy matematika. Ma’ruzalar matni, SamDU,2003

5.Husainov Ya.M., Mardonov E.M., Ostonov Q. Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar. Ma’ruzalar matni, 2004

6. Mardonov E.M, Ostonov Q. Matematika tarixi. Ma’ruzalar matni. SamDU, 2004

7.Zloskiy G.V. Vыsshaya matematika. Kurs leksiy dlya elektronshikov.-SamGU. 2002

2001-2021 yillarda kafedrada uslubiy qo‘llanmalar yaratish uchun ham katta ishlar olib borildi:

1. Xoliqulov I.B., Abduhamidov A.U «O‘yinlar nazariyasi elementlari. Uslubiy qo‘llanma SamDU, 2010

2. Husainov Ya.M., Muzrapov S.A. Matematik statistikadan masalalar yechishga doir uslubiy qo‘llanma. - Samarqand, SamDU. 2009 yil.

3.Fayzullayeva  S.F., Izzatullayev N. Oliy matematikadan amaliy mashg‘ulotlar. Yelektron darslik. – Samarqand, SamDU ilmiy kutubxonasi, 2009

4.Fayzullayeva S.F., Djalilov A.A. Matematik statistikaning ayrim masalalari. Uslubiy qo‘llanma. SamDU, 2009, 39-bet.

5.Djalilov A.A. Shartli ehtimollar va shartli matematik kutilmalar. Uslubiy qo‘llanma. SamDU, 2009, 48-bet

6. Husainov Ya.M., Muzrapov S.A. Matematik statistikadan masalalar yechishga doir uslubiy qo‘llanma. - Samarqand, SamDU. 2009 yil.

8.Husainov Ya.M., Muzrapov S.A.Matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo‘llanma (2- qism) SamDU, 2008

9. Husainov Ya.M., Muzrapov S..A. Matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo‘llanma (2- qism) SamDU, 2008.

10. Husainov Ya.M., Muzrapov S.A. Matematik statistikadan masalalar yechishga doir qo‘llanma (3- qism) SamDU, 2008

11.Ostonov Q. Sinfdan tashqari ishlar o‘tkazish uslubiyati. SamDU, 2008.,

12.Ostonov Q. Matematika darslarini tashkil etish texnologiyalari, SamDU, 2008.,

13. Zloskiy G.V. Gomotetiya geometrik masalarini yechish usuli sifatida) SamDU 2008.

14.Ostonov Q. Yangi pedagogik texnologiyalarni matematika o‘qitish jarayoniga tadbiq etish usullari. Uslubiy qo‘llanma. - Samarqand: SamDU nashri, 2005 y.70 bet.

15.Ostonov Q. Son va hisoblashlarni o‘rganish metodikasi. Ma’ruzalar matni.- Samarqand: SamDU nashri, 2005. 70 bet.

16.Ostonov Q. Matematika va uni o‘qitish metodikasi taraqqiyoti tarixi. Uslubiy qo‘llanma.- Samarqand: SamDU nashri, 2005, 70 bet.

17.Ostonov Q. Geometriya o‘qitish uslubiyati masalalari. Uslubiy qo‘llanma.- Samarqand: SamDU nashri, 2005. 70 bet.

18.Ostonov Q. Algebra va matematik analiz elementlarini o‘qitish texnologiyasi. Ma’ruzalar matni.- Samarqand: SamDU nashri, 2005. 101 bet.

19. Abdullayev J.I., Gʻanixo‘jayev R.N., Shermatov M. X., Egamberdiyev O.I. Funksional analiz va integral tenglamalar. Darslik. Toshkent: Yangi asr avlodi. 2015. -460 b.

20. Abdullayev J.I., R.Gʻanixo‘jayev, I. Ikromov. Funksional analizdan masalalar to‘plami. 1-qism. Lebeg integrali. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Turon Iqbol, 2015. 200 b.

21. Abdullayev J.I., R.Gʻanixo‘jayev, I.Ikromov. Funksional analizdan masalalar to‘plami. 2-qism. Metrik va chiziqli fazolar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent:Turon Iqbol, 2015. 148 b.

22. Abdullayev J.I., R.Gʻanixo‘jayev, I.Ikromov. Funksional analizdan masalalar to‘plami. 3-qism. Chiziqli operatorlar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Turon Iqbol, 2015. 144 b.

23. Abdullayev J.I. Matematika. Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun uslubiy qo‘llanma 1,2,3-qismlar. Toshkent:Turon Iqbol, 2015

24. Abdullayev J.I., Davranov B. Matematika. Metodicheskiye posobiye dlya postupayuщix v VUZы. Chast 1. –Algebra Toshkent:Turon Iqbol, 2015

25. Abdullayev J.I., Noraliyev N. Matematika. Metodicheskiye posobiye dlya postupayuщix v VUZы. Chast 2.– Algebra i nachala analiza. Toshkent:Turon Iqbol, 2015.

26. Abdullayev J.I. i dr. Matematika. Metodicheskiye posobiye dlya postupayuщix v VUZы.Chast 3. – Geometriya. Tashkent:Turon Iqbol, 2015.

27. Husainov Ya.M, Muzrapov S.A. Qudratov H. Xarakteristik funksiyalar yordamida taqsimot qonunlarini topishga doir uslubiy qo‘llanma. Samarkand, SamDU, 2015, 60 bet.

28. Mardonov E., Ostonov Q., Mo‘minov U. Matematika va informatika o‘qtish usullari. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2016. -160 b. 29.Tuyg‘unov K., Ostonov Q.Oliy matematika kursining “Differensial tenglamalar” bo‘limi bo‘yicha mustaqil ta’limi uchun metodik ko‘rsatmalar”. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2015. -100 b.

30. Tuyg‘unov K., Ostonov Q..Oliy matematika kursi bo‘yicha aniq integralning ba’zi bir tadbiqlarini o‘rganishda talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishga oid metodik tavsiyalar. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2015. -96 b.

31.Mardonov E., Ostonov Q., Achilov O‘., Ergashev A. Geometriya. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2015. -134 b.

32. Abdullayev J.I., Ostonov Q., Mamirov B.- Matematika (Kasbga yo‘naltirilgan masalalar to‘plami). SamDU 2017 yil.

33. Ostonov Q, Quljonov O‘. Parametrli tenglamalarni va tengsizliklarni yechish usullari. SamDU: 2017 yil.

34. Mardonov E.M., Ostonov Q., Muminov U, Quyliyev S. Matematika o‘qitish metodikasi. O‘quv-uslubiy majmua. SamDU 2017 yil.

35. Mardonov E.M., Ostonov Q., Muminov U., Quyliyev S. Matematika tarixi va matematika o‘qitish metodikasi. O‘quv- uslubiy majmua. SamDU 2017 yil.

36. Abdullayev J.I., Mardonov E.M., Ostonov Q., Quljonov U., Toshqulov H. Matematika. O‘quv-uslubiy majmua. SamDU 2017 yil.

37. Mardonov E.M., Ostonov Q. Matematik mantiq. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2018. -117 bet.

38. Xoliqulov S.I., Ostonov Q. Ehtimollar nazariyasi tarixi. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2019. 66 bet.

39. Xoliqulov S.I., Ostonov Q. . Matematik statistika elementlarini o‘rganish. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2019. 60 bet.

40. Xoliqulov S.I., Ostonov Q., Quljonov O‘.. Kombinatorika elementlari. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2020. 84 bet.

41. Xoliqulov S.I., Ostonov Q., Quljonov O‘.. Matematik mantiq. Uslubiy qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2020. 152 bet.

42. Kurbonov H., Bozorova O‘. Nazariyai ehtimoliyat, nishondodi metodi, qismi 1, Samarqand 2020, 77 b.

43. Shukurov B.S., Sultonov J., Shukrullayev V.R. Matematika, uslubiy qo‘llanma, Samarqand 2020, 160 bet.

44. Sultonov J., Ostonov Q. Matematika (gumanitar yo’nalishi talabalari uchun), o’quv qo‘llanma, Samarqand 2021, 220 bet.

45. Abdullayev J., Quljonov O‘. Ehtimollar nazariyasidan masalalar to’plami. O’quv qo‘llanma. Samarqand: SamDU, 2021. 240 bet.

46. Kurbonov H., Bozorova O‘. Nazariyai ehtimoliyat, nishondodi metodi, qismi 2, Samarqand 2021, 110 b.

 

Hozirgi paytda kafedrada 3 nafar professor, 3 nafar dotsent, 6 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bular: prof. J.I.Abdullayev, prof. A.M. Xalxo‘jayev, prof.Yu.Mishura, dosentlar Qurbonov H., Ostonov Q.,Quljonov O’., assistentlar PhD. Absalomov A., Qudratov H., Tilavov R., Bozorova O‘., Yaxshilikov J., Toshturdiyev A.

Kafedra a’zolari bugungi kunda ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, matematika tarixi, oliy matematika va matematika fanlaridan matematika, fizika, raqamli texnologiyalar, tarix, sport faoliyati va sa’nat, psixologiya va ijtimoiy munosabatlar fakultetlarida fakultetlarida o‘zbek, rus, tojik tillarida ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.

Kafedra hozirgi kunda O‘zbekiston milliy universiteti, O‘zRFA Matematika instituti, Toshkent davlat Pedagogika universiteti, O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy - tekshirish instituti, viloyatlardagi Guliston davlat universiteti, Jizzax, Navoiy pedagogika insitutlari, Urganch davlat universiteti bilan hamda xorijdagi Kembrij, (Angliya), Lill (Fransiya), Klaustal (Germaniya), Turkiya, Toronto (Kanada), Chexiya (Gʻarbiy Bogemiya), Uyels(Kardiff), Shvesiya(Stogolm, Lulea) kabi universitetlar ilmiy markazlari bilan aloqalar o‘rnatgan. Shuningdek, MDH mamlakatlarining Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg, Kiyev (Ukraina) universitetlari ilmiy hamkorlik o‘rnatgan. Bundan tashqari, Samarqand shahri oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy va o‘quv sohalarida muntazam uzviy aloqalar o‘rnatilgan.

Kafedrada 5A130102 - "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika" mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda bu mutaxassislik bo‘yicha 18 nafar magistr tahsil olmoqda.

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni tugatgan magistrlar xalq xo‘jaligida, ishlab chiqarishda hamda xalq ta’limi va kasb – hunar ta’limi sohasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Keyingi yilllarda kafedra magistraturasini tugatgan J. Yaxshilikov, O‘. Bozorova, A.Toshturdiyev kabi yosh mutaxassislar kafedrada assistent lavozimiga ishga qabul qilindilar. 2001-2021 yillarda bitta doktorlik dissertasiyasi G.V. Zlosskiy «Nauchno- pedagogicheskiye osnovы formirovaniya u studentov – matematikov universitetov gotovnosti k professionalno – pedagogicheskoy deyatelnosti» (2001 y.) va 8 nomzodlik (falsafa doktori) dissertasiyasini Axadqulov X. Safarov O‘., Begmatov A., Mamirov B., Quljonov O‘., Poshaxodjayeva G., Ubaydullayev U., Absalomov A.  lar yoqladilar.