Kafedra mudiri

Laqayev Saidaxmad Norjigitovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni (8:00 -16:00)
  •  Telefon: +998937228656
  •  Elektron pochta: slakaev@mail.ru

Biografiya

1978- 1987- yillar Samarqand davlat universiteti funksional analiz kafedrasi assistenti, dotsenti
1987- 1996-yillar Samarqand davlat universiteti funksional analiz kafedrasi mudiri
1996- 2003-yillar Samarqand davlat universiteti funksional analiz va funksiyalar nazariyasi kafedrasi professori
2003- 2011-yillar Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksiyalar nazariyasi kafedrasi mudiri
2011- 2013-yillar Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi mudiri
2013- 2016-yillar Samarqand davlat universiteti matematik fizika va funksional analiz kafedrasi professori
2016-yildan Samarqand davlat universiteti «Matematik fizika va funksional analiz» kafedrasi mudiri

 

Matematik fizika va Funksional analiz   kafedrasi 2003- yili  fevral  oyida  f.m.f.d, prof. Saidaxmat  Laqayev  tashabbusi va  sayi-harakatlari natijasida  matematik-fizika ilmiy yo’nalishi bo‘yicha  Samarqand davlat  universitetida  ilmiy  maktab tashkil etilganligining etirofi sifatida  Matematik fizika nomi bilan tashkil qilindi. Unda  kafedra  mudiri    f.m.f.d.  prof.  S.N.Laqaev,  f.m.f.d.  prof. J.I.Abdullaev, f.m.f.n.  dots. M.X.Shermatov, f.m.f.n.  ass.  A.M.Xolxo’jaev, ass. T.H.Rasulovlar  faoliyat  ko’rsatib boshlagan.

Matematik fizika kafedrasi tarixi Funksional  analiz  kafedrasi tarixi bilan bevosita bogliq:

Funksional analiz kafedrasi 1971-yilda  dotsent Xodi A. Abdullaev  tashabusi va  sayi-harakatlari natijasida  tashkil etilgan edi.  Kafedra  tashkil topgan   kundan boshlab  unda dotsentalar: X. A. Abdullaev, Sh. Yarmuxamedov va oqituvchilar I.I. Isroilov, E. A. Abduqodirov, R. Sh. Shodiev, M. Hoshimovalar  faoliyat  ko’rsatishgan. 

Funksional analiz kafedrasiga  1971-1976-yillarda  dotsent  X.A. Abdullaev, 1977-1979-yillarda   dotsent Sh. Yarmuhammedov, 1980-1987-yillarda  dotsent  I.I.Isroilov va 1987-1994-yillarda dotsent-professor  Saidakhmat N.Laqaev  mudirlik qilgan.

1994-yili “Matematik analiz ” kafedrasi “Funksional analiz ” kafedrasiga qo’shildi, kafedra “Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz ” deb ataldi va unga prof  Saidakhmat Laqayev kafedraga 1994-1997-yillarda  mudirlik qildi. 

1997-yilda  Funksiyalar nazariyasi  va Funksional analiz  kafedrasidan  Matematik analiz  kafedrasi ajralib chiqdi.

1997-2002-yillarda Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz   kafedrasiga f.m.f.d., dots. A. Xatamov mudirlik qildi.

2003-yili  fevralida  Funksiyalar nazariyasi va funksional analiz  kafedrasi asosida ikkita yangi kafedra, ya’ni Matematik  fizika  va Funksiyalar  nazariyasi kafedralari tashkil qilindi.

2003-2005-yillarda  Matematik  fizika  kafedrasiga f.m.f.d., prof. Saidakhmat Laqaev  va  “Funksiyalar  nazariyasi”  kafedrasiga f.m.f.d.,dots. Axtam Xatamov mudirlik qildilar.

2005-yilda  “Funksiyalar  nazariyasi”  kafedrasi  “Matematik  fizika” kafedrasiga qo’shildi va  kafedra “ Matematik fizika  va funksiyalar nazariyasi” deb nomlandi va unga prof. Saidakhmat N.Laqaev  mudirlik etib tayinlandi.

2011-yil noyabr oyidan “ Matematik fizika  va funksiyalar nazariyasi”   kafedrasi   Matematik fizika va funksional analiz deb  nomlandi va unga professor  Saidakhmat Norjigitovich Laqayev 2013-yilgacha mudirlik  qildi.

2013-2016-yillarda kafedraga f.-m.f.n., dotsent A.M.Xalxo’jayev mudirlik qildi.

2016-yil noyabrdan buyon kafedraga f.-m.f.d., prof. akademik Saidaxmat Laqaev rahbarlik qilib kelmoqda. 

Hozirgi kunda  kafedrada   quyidagi  professor-o’qituvchilar  faoliyat  ko’rsatmoqdalar:  kafedra mudiri, f.-m.f.d., prof., akademik,  Saidaxmat Laqaev, f.-m.f.d., prof  Ahmad Xalxo’jaev, f-m.f.d., prof. Ermamat Sattorov, f.-m.f.d., dots.  Axtam Xatamov,  dots., f.-m.f.n. O.E. Maxmudov,   f.-m.f.n., dots. I.E. Niyozov, f.-m.f.n.,dots. S.M. Samatov, katta o’qituvchilar: Sh.M. Latipov, falsafa doktorlari (PhD) S.S. Ulashov, (PhD) Sh.H. Qurbonov,  assistentlar A.Boltayev, M.Azizova, F.Almuratov, doktorant A.M.Xurramov, tayanch doktorantlar Saidakbar Abduhakimov, Shahobiddin Hamidov, kabinet  mudiri Dilafro’z  Beknazarova.

        

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari