Манзил: 140104, Самарқанд шаҳри, Университет хиёбони, 15-уй

Телефон: +998 66 2391140 Факс: +998 66 2391140 Email: devonxona@samdu.uz


Fransiya Poitiers Universiteti professor-o’qituvchilarining Universitetimizga tashrifi

img

Fransiya davlati Poitiers Universiteti professor-o’qituvchilari Patrice Naudine, Licia Baguini va Corinne Delbartlarning ERASMUS+ dasturiga muvofiq  2019 yil 11-14 dekabr kunlari Samarqand davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Mehmonlar Universitet xalqaro hamkorlik bo’limida munosib kutib olindi. O’zaro samimiy muloqot chog’ida universitet xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori M.G.Nasirov xorijliklarga Samarkand Davlat universitetining tarixi, buguni, professor- o’qituvchilar, jamoa zimmasidagi ustivor vazifalar, fan-ta’lim, innovatsiya, kadrlar tayyorlash xususida ma’lumot berdi. Xorijdagi nomdor oliy o’quv dargohlari, ayniqsa, Fransiyaning nufuzli universitetlari bilan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mehmonlar tashrifning dastlabki kunida Universitetning Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabalari bilan uchrashib, hozirgi kundagi eng so’nggi texnologiyalar haqida taqdimot namoyish qildilar.

“Roman-german tillari kafedrasi” o’qituvchilari bilan ham uchrashdilar. Unda fransuz tilini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish va kafedra o’qituvchilarining xorijda malaka oshirish imkoniyatlari haqida Licia Baguini va Corinne Delbartlar taqdimot qilishdi, davra suhbati savol-javob tariqasida qiziqarli o’tdi.

Bundan tashqari Fransiya Poitiers Universiteti professor-o’qituvchilari Universitetda hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro konferensiya “Cho’llanish muammolari: dinamika, baholash va yechim” mavzusidagi konferensiyada ham faxrli mehmonlar sifatida ishtirok etishdi va Patrice Naudin unda so’zga chiqib, konferensiyani tashkil etishning ahamiyati va ikkita oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlik istiqbollari haqida to’xtalib o’tdi.

Tashrif davomida Universitet barcha professor-o’qituvchilari uchun ERASMUS+ dasturi haqida Patrice Naudin taqdimot namoyish etdi. Unda qatnashganlar bu dasturda ishtirok etish haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Azaliy qadriyatlarimizga binoan, mehmonlar bir payola choyga taklif etildi. Dasturxonga milliy taomlardan torildi. Mehmonlar O’zbekiston haqida va Samarqand Davlat Universiteti haqida katta taassurotlar bilan qaytishdi.

SamDU

SamDU