Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy

lmiy kengashi kotibi

Boltayev Mardonqul

  • Qabul vaqti: Seshanba, juma (14-00 – 16-00)
  • Telefon: (8 366)239-17-63
  • Elektron pochta: el-kotib@samdu.uz

1958 yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug’ilgan.

1975-1980 yy. – Samarqand davlat universiteti o’zbek va tojik filologiyasi fakulteti talabasi.
1980-1990 yy. –Samarqand davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakulteti umumiy tilshunoslik kafedrasi laboranti, katta laboranti, soatbay o’qituvchisi.
1990-1993 yy. –Samarqand davlat universiteti fakultetlararo o’zbek tili kafedrasio’qituvchisi.
1993-2008 yy. – Samarqand  davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.
2008-2015 yy. –Samarqand davlat universiteti amaliy tilshunoslik, o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi dosenti.
2009-2016 yy. –Samarqand davlat universitetining devonxona mudiri (o’rindoshlik asosida).
2015-2017 yy. –  Samarqand davlat universitetining o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi,  o’zbek tili va adabiyoti o’qitish metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi.
2017 yil martdan h.v. – Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashi kotibi.

UNIVERSITET ILMIY KENGASHI

Universitet ilmiy kengashi O’zRning “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlari hamdaOliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagn 487-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtining ilmiy kengashi to’g’risidagi namunaviy nizom”ga muvofiq tayyorlangan nizom asosida tashkil etiladi. 

Ilmiy kengash tarkibiga universitet rektori, prorektorlar, ilmiy kengash kotibi, fakultetlar dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar rahbarlari, mutaxassis chiqaruvchi ayrim kafedralar mudirlari, harbiy kafedra boshlig’i, universitetning ayrim bo’lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, MO va QT  markazi boshlig’i, universitet qoshidagi ALlar direktorlari  o’z xizmat lavozimlari bo’yicha kiritiladi. Bundan tashqari, ilmiy kengashning boshqa a’zolari fakultetlarning umumiy majlislarida yashirin ovoz berish yo’li bilan saylanadilar.Universitet ilmiy kengashining vakolat muddati 5 yil.

Ilmiy kengashning maqsadi universitet jamoasining intellektual salohiyati, ilmiy, pedagogik va boshqa imkoniyatlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko’nikmalariga ega bo’lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirishdan iborat.Ilmiy kengash majlislari reja asosida o’tkaziladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar ilmiy kengash raisi va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. Ilmiy kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi. 

Samarqand davlat universiteti ilmiiy kengashining tarkibi

1. Xalmuradov Rustam Ibragimovich -Rektor 
2. Eshtayev Alisher Abdug‘aniyevich - Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor 
3. Soleyev Ahmadjon - O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor 
4. Xushvaqtov Hakim Abdulhaqovich - Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor 
5. Rahmonov Ismoil Usmonovich - Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor 
6. Nosirov Muxtor G‘afforovich -Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor
7. To‘xtayev Xayrulla - Universitet birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi 
8. Boltayev Mardonqul - Universitet ilmiy kengashi kotibi 
9. Pardayev Islom Rahmonovich - Ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
10. Xalxo‘jayev Ahmad - O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
11. Jo‘raqulov Mavlon - Oqsoqollar kengashi raisi
12. Ro‘zimurodov Haydar - Magistratura bo‘limi boshlig‘i
13. To‘xliyeva Sharofat Bektoshevna - Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi 
14. Ataxadjayeva Dilyara Hoshimovna -Kadrlar bo‘limi boshlig‘i
15. Qurbonniyozov Safar - Jamoatchilik kengashi raisi
16. Kuliyev Komil - Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshliig‘i 
17. Indiaminov Nuriddin Nazarovich - MO va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi rahbari
18. Yuldoshev Musa Muhammadiyevich - Rus filologiyasifakultetidekani
19. Ryasnyanskaya Raisa Abdullayevna - Rus tilshunosligi kafedrasi dotsenti
20. Ishniyazova Shahnoza Ashurovna - Rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri
21. Keldiyorov Xudoyor Otamuradovich - Biologiya fakulteti dekani
22. Xodjayev Jo‘raqul - Botanika kafedrasi professori
23. Jabborov Abdurashid - Zoologiya kafedrasi mudiri
24. Begmatov Akram Hasanovich - Mexanika-matematika fakulteti dekani
25. Laqayev Saidahmad - Matematik-fizika va funks. analiz kafedrasi mudiri
26. Hasanov Aqnazar - Diferensial tenglamalar kafedrasi mudiri
27. Eltazarov Jo‘liboy Donaboyevich - Filologiya fakulteti dekani
28. Muhiddinov Muslihiddin - Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori 
29. Hamroyev Jumaqul - Tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
30. Abbosov Subhon Burhonovich - Geografiya va ekologiya fakulteti dekani
31. Xoliqulov Shodi Turdiqulovich -Gidrometeorologiya kafedrasi mudiri
33. Jo‘raqulova Dilfuza Mavlonovna - Tarix fakulteti dekani
34. Avanesova Nona Armaisovna - Arxeologiya kafedrasi professori
35. Mamarahimov Xolmo‘min - O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti
36. Qipchoqov Bahodir Bahriddinovich - Jismoniy madaniyat fakulteti dekani
37. Eshnazarov Jo‘raqul - Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri
38. Oblonazarov Faxriddin Asadovich - Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafafedrasi o‘qituvchisi
39. Mahmatmurodov Shavkat - Pedagogika fakulteti dekani
40. O‘runov Abduxalil Majidovich - Mehnat ta’limi kafedrasi mudiri
41. Nuriddinova Maysara Ikromovna - Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti
42. Absanov Ahmad - Fizika fakulteti dekani
43. Quvondiqov Obloqul - Umumiy fizika kafedrasi professori
44. Qodirov Mo‘min - Astronomiya kafedrasi mudiri
45. Haydarov Baxtiyor - Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani
46. Kozimov Javodbek - Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti
47. Taylanova Shohida - Maktabgacha ta’lim pedagogika va psixologiya kaf.mudiri
48. Ahatov Akmal Rustamovich - AM va informatika fakulteti dekani
49. Jumanov Isroil - Axborot texnologiyalari kafedrasi professori
50. Xo‘jayorov Baxtiyor - Mat.modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasi mudiri
51. Safarov Bahodir - Iqtisodiyot va biznes fakulteti dekani
52. Usmonova Dilafro‘z - Kadrlar menejmenti va biznes kafedrasi dotsenti 
53. Seytmuratov Refat Ablayevich - Iqtisodiyot va tadbirkorlik kafedrasi mudiri 
54. Musulmonov Noryigit  Hasanovich - Kimyo fakulteti dekani
55. Muhammadiyev Nurali Qurbonaliyevich - Fizikaviy kolloid kimyo kafedrasi mudiri
56. Murodov Qodir - Analitik kimyo kafedrasi dotsenti
57. Mirzayev Rahmatilla - Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani
58. Yaxshilikov Jo‘raboy - Falsafa kafedrasi mudiri
59. Nabiyev Farhod Hamidovich - Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri
60. Umidullayev Shuhrat - Maxsus sirtqi bo‘lim boshlig‘i
61. Rahmonov Muhiddin - Harbiy kafedra boshlig‘i
62 To‘xtayev Husan - Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi 
63. Umarov Azamat Mardonovich - 1-son akademik litsey direktori