Samarqand davlat universitetiga 1420 yilda asos solingan


XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!

Samarqand Davlat universitetida barcha xorijiy fuqarolar shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari imtixonsiz suhbat asosida bakalavr, magistratura hamda PhD bosqichlarida taxsil olishlari mumkin.

Samarqand Davlat universitetining bakalavr yo’nalishida 55 ta kunduzgi ta’lim yo’nalishlari, 18 ta sirtqi ta’lim yo’nalishlari 5 ta kechki ta’lim yo’nalishlari (batafsil ma’lumotlar: www.samdu.uz/en/abiturent-talim-yunalishlari) mavjud bo’lib, qiziqgan yo’nalishingizda taxsil olishingiz mumkun.

Samarqand Davlat universitetida 32 ta magistratura mutaxassisligi (www.samdu.uz/mabiturent-talim-yunalishlari) hamda 46 ta tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ixtisosliklarida o’qishga taklif etamiz (www.samdu.uz/uzk/doktorant).

SamDUda xorijiy fuqarolar rus, ingliz, tojik va o’zbek tillarida taxsil olishlari mumkin.

Kontrakt to’lovi: bir o’quv yiliga yo’nalishga qarab 800-1800 AQSh dollari (ikkiga bo’lib to’lash mumkin).

Hujjatlar qabul qilish vaqti:

Ro'yxatdan o'tish ONLINE

Bakalavr va magistratura uchun: 2020 yil 20 avgustgacha;

doktorantura uchun 2020 yil 15 oktyabrgacha.

Qo’shimcha ma’lumot uchun:

Tel: +998 97 919 28 02, +998 66 239 10 79.

E-mail: department.samdu@gmail.com

www.samdu.uz

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15-uy.

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIGA XORIJIY TALABALARNI QABUL QILISH BOSQICHI

O’qishga kirish

Samarqand Davlat universiteti (SamDU) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi № PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan me’yoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz o’qishga qabul qiladi.

Chet el fuqarolari universitetning Xalqaro hamkorlik bo’limiga quyidagi hujjatlarni ONLAYN tarzda taqdim etishlari lozim:

  • Bakalavriatura bosqichiga: o’rta yoki o’rta maxsus ta’limi diplomi/shaxodatnomasi skaner nusxasi.
  • Magistratura mutaxassisligiga: bakalavriat diplomining (ilovasi bilan) skaner nusxasi.
  • Doktorantura (PhD) ixtisosliklariga: Magistratura mutaxassisligi dimlomining (ilovasi bilan) skaner nusxasi, CV, o’qish rejasi hamda motivasiya xati.

O’qish jarayoni

SamDUda o’quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi. O’quv jarayoni davomiyligi bakalavriatura bosqichi kunduzgi bo’limda – 4 yil, sirtqi bo’limda – 5 yil, kechki ta’lim– 4 yil, magistratura mutaxassisligida – 2 yil hamda Doktorantura (PhD) ixtisosliklarida– 3 yil etib belgilangan.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun, universitetning Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qiling:

(E-mail: department.samdu@gmail.com, yoki irossu@samdu.uz;

Tel/telegram: +99897 9192802, +99866 2391079).

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KIRISH TAKLIFNOMASI

Agar siz O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishingiz uchun viza talab qilinsa, bizning universitetimiz nomidan taklifnoma kerak. Viza 15 kun ichida O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik bo’limidan beriladi.

Taklifnoma berish hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirish uchun bizga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar zarur:

  1. Pasport nusxasi
  2. Ish joyidan ma’lumoti haqidagi hujjat nusxasi (agar ishlasa)
  3. Viza anketasi (http://evisa.mfa.uz/evisa_en/).

Barcha xorijiy fuqarolar universitet turar joy bilan ta’minlanadi.