Manzil: 140104, O`zbekiston, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy


XORIJDA MALAKA OSHIRISH VA TA’LIM OLISH

Hozirgi kunda Samarqand Davlat universiteti Rossiya, AQSh, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Chexiya, Hindiston, Xitoy, Ispaniya, Turkiya, Islandiya kabi Davlatlarning universitetlari bilan 70 ga yaqin ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzoladi va shartnoma doirasida qo’plab xorijiy professor-o’qituvchilar, mutaxassislar va olimlar universitetga jalb qilinmoqda.

2018-2019 o’quv yilida 6 nafar talabalarimiz yetakchi chet el oliy ta’lim muassasalarida (Turkiya, Rossiya) doktoranturada o’qish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Shu o’quv yilining sentyabr-dekabr oylarida 2 nafar magistrantlar, 3 nafar aspirantlar hamda 13 nafar professor-o’qituvchilar Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlarning ta’lim muassasalarida malaka oshirib, xorij tajribasini o’rganib qaytishdilar.

Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, 2018-2019 o’quv yili xisobidan SamDUning 3 nafar talabalari Rossiyaning Qozon Federal universiteti (Naberejniye Chelni filiali)ga, 14 nafar talabalari V.I. Ulyanov nomidagi Sankt-Peterburg elektrotexnika davlat universteti (LETI)ga, 3 nafar bitiruvchilari Shimoliy Kavkaz Federal universitetiga, 2 nafari Xitoyning Xian Jiaotong universitetga, 2 nafar talabasi Xitoyning Sanya mehmondo’stlik institutiga va 4 nafar talabalari esa Turkiya Respublikasining Afyon Kojatepa universitetining Tabiiy fanlar institutiga magistraturaga grant asosida o’qishga qabul qilindi. Bundan tashqari, SamDUning 4 nafar magistr va assistent o’qituvchilari Turkiyaning Mugla Sitki Kochman Universitetiga va 1 nafar Kimyo fakulteti o’qituvchisi Moskvaning Qozon milliy tadqiqot texnologik universitetida aspirantura (Ph.D) bosqichida taxsil olmoqdalar.

Xorijga chiquvchilar uchun zarur hujjatlar

Xizmat va turistik safarlar uchun zarur hujjatlar ro’yxati:

  1. OVIR so’rovnomasini rasmiylashtirish;
  2. Ariza (ruhsat uchun);
  3. Pacport nusxasi (doimiy yashash manzili bilan), Shaxsiy ma’lumotnoma;
  4. Xizmat safariga chiquvchilar uchun (ilmiy anjuman, seminar, malaka oshirish va h.k.) taklif etiayotgan tomonning taklif xati;
  5. Ariza(universitet rektoriga);
  6. Safar rejasi.

 

Qo’shimcha ma’lumotlar: Tel: (+998 66) 239 10 79,

E-mail: muhtorgn@gmail.com

           department.samdu@gmail.com