Fakultet dekani

Djurakulova Dilfuza Mavlonovna

1988-1993-yillar Samarqand davlat universiteti talabasi;
1990-1991-yillar Samarqand davlat universiteti «Arxeologiya» kafedrasi laboranti;
1992-1993-yillar Samarqand davlat universiteti «O‘zbekiston xalqlari tarixi» kafedrasi katta laboranti;
1993-1995-yillar Samarqand davlat universiteti «O‘zbekiston xalqlari tarixi» kafedrasi assistenti;
1995-1998-yillar Samarqand davlat universiteti «Arxeologiya» kafedrasi aspiranti;
1998-2004-yillar Samarqand davlat universiteti «Arxeologiya» kafedrasi assistenti;
2000-2004-yillar Samarkand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti talabasi;
2004-2012-yillar Samarqand davlat universiteti «Arxeologiya» kafedras assistentii;
2012-2013-yillar Samarqand davlat universiteti «Arxeologiya» kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi;
2013-2017-yillar Samarqand davlat universiteti «Arxeologiya» kafedrasi mudiri;

2018-yildan Samarqand davlat universiteti «Tarix» fakulteti dekani.

FAKULTET HAQIDA

Fakultetda 5120300-“Tarix-(jahon mamlakatlari bo‘yicha)”, 5120400-“Arxeologiya”, 5110600 – “Tarix o‘qitish metodikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A120401-Arxeologiya, 5A 120301-O‘zbekiston tarixi, 5A 120302-Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha), 5A120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik tarixi tadqiqotlar metodlari, 5A120402- Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda 4 ta ixtisoslik bo‘yicha 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi, 07.00.05 - Arxeologiya, 07.00.03 - Jahon tarixi, 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari tayanch doktorantura (PhD) ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda fakultetda O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya, Jahon tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 8 ta fan doktori, professor, 18 ta fan nomzodi, dotsent, 42 ta katta o‘qituvchi va assistentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 1173 nafar bakalavr, magistr tahsil olishmoqda. 2020-2021-o‘quv yilida 196 ta bakalavr o‘qishni tugatib, ulardan 130 nafari xalq ta’limida, 14 nafari KHK da, 6 nafari litseyda, 8 nafari fermer xo‘jaligida, 14 nafari xizmat ko‘rsatish sohasida, 8 nafari ishlab chiqarish yo‘nalishida, 6 nafari mahalla fuqoralar yig‘inida, 4 nafari ijro boshqaruv tashkilotlarida, 6 nafari Viloyat IIB da ishlamoqda, 5 nafari magistratura ta’limida tahsil olmaqda, 3 nafari onalik ta’tilida hisoblanadi.

Fakultetda oxirgi 10 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 10 nafar talaba Alisher Navoiy, Amir Temur va Yahyo Gʻulomov davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan va ulardan 3 nafari hozirgi kunda fakultetda faoliyat olib bormoqda.

Professor M.Abramov (1994) - “Do‘stlik” va “Shuhrat” davlat ordeni, professor M.Jo‘raqulov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» , «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» unvonlari,  PhD Hamroqulova Shohista “Shuhrat” medali sohibi hisoblanadi.

Fakultetda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham salmoqli. Jumladan, hozirgi kunda imzolangan shartnomalar doirasida Moskva, Sankt-Peterburg, Tomsk, Samara (Rossiya Federasiyasi), Insubriya, Bolonya (Italiya), Bamberg, Olmon arxeologiya instituti (Germaniya), Leyden (Gollandiya), Nagoya (Yaponiya) va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilib kelishmoqda: o‘tgan davr mobaynida almashinuv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi va malaka kurslarida o‘qish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsilni davom ettirishmoqda: Xitoy Xalq respublikasidan 7 nafar talaba, Janubiy Koreya davlatidan 1 nafar talaba tahsil olishayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreyalik magistrant va doktorant arxeologiya, hindistonlik doktorant manbashunoslik va tarixshunoslik ixtisosligida, Turkmaniston Respublikasidan 2 nafar bakalavr talaba tarix yo‘nalishida tahsil olishmoqda. Shuningdek, “Arxeologiya” kafedrasi Germaniyaning Yevrosiyo bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbek-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasini tashkil etish va Zarafshon vohasida razvedka ishlarini olib borish” bo‘yicha imzolangan shartnoma doirasida Qo‘shrabot tumanining Toz, Jonbuloq, Urganji qishloqlari atroflarida arxeologik qidiruv ishlari olib borildi.

Fakultetimiz professor-o‘qituvchilari Niderlandiya, Ispaniya, Rossiya kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida ma’ro‘zalar bilan qatnashib kelishmoqda.

Fakultetda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 31.01.2019.Tar.02.10 raqamli 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.

2017-yili fakultetimizning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi tafakkur sinovlari respublika tanlovining mintaqaviy g‘olibi bo‘lishdi.

Fakultetimizda tahsil olayotgan talabalar orasida jahon, respublika va mahalliy musobaqalarda sovrinli o‘rin sohiblari ham bor. Jumladan, Karimov Bobur - muaytay sport turi bo‘yicha jahon chempioni, Xabibov Fayoz - qo‘l jangi buyicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, Rajabov Nazir - taekvando sport turi buyicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, Ro‘ziyeva Dinora, Xudoyerov Rustam, Xasanov Doston, Burxonova Go‘zal, Abdumrotov Shaxzod, Shukurov Yorbek, Tursunov Diyorbek, Baxriddinov Xusen - baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari.

 

MALAKA TALABLARI

Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari

5120300    Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)

5120400    Arxeologiya

5110600    Tarix o’qitish metodikasi
 

Magistratura yo'nalishi malaka talablari

5A120301    O’zbekiston tarixi
5A120302    Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha)
5A120304    Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha)
5A120401    Arxeologiya
5A120402    Etnografiya, etnologiya va antropologiya