KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Maktabgacha ta'lim Sport faoliyati Tabiiy va aniq fanlar Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxeologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Boshlang'ich va texnologik ta'lim San'atshunoslik Ijtimoiy gumanitar fanlar Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Fakultetlararo pedagogika Fakultetlararo jismoniy madaniyat Analitik kimyo kafedrasi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari Samarqand tamadduni tarixi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Rus filologiyasi Fakultetlararo rus tili Xorijiy tillar

Kafedra mudiri

Shodiyev Faxriddin Teshayevich

2007-2009 yillar Samarqand davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi;
2009-2010 yillar Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari;
2010-2011 yillar Samarqand davlat universiteti «Gumanitar fanlar uslubiyati» kafedra mudiri;
2011-2012 yillar Samarqand davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi o‘qituvchisi;
2012-yildan Samarqand davlat universiteti «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi» kafedrasi mudiri.

Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi xalq ta’limi tizimida, xususan, boshlang’ich ta’limda ham ijobiy o’zgarishlarga olib keldi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da boshlang’ich sinf o’qituvchilarini har tomonlama yetuk mutaxassislar bo’lishiga alohida e’tiborni qaratilib, jumladan: Boshlang’ich ta’limda ishlayotgan mutaxassislarning barchasi oliy ma’lumotli mutaxassis bo’lishi ko’rsatib o’tildi. Shu maqsadda, Samarqand Davlat universitetining Pedagogika fakulteti qoshida «Boshlang’ich ta’limda gumanitar fanlar va ularni o’qitish  uslubiyati» kafedrasi ish boshlagan edi.

Ma’lumki, Pedagogika fakulteti 1966-1967 o’quv yilida sobiq Sadriddin Ayniy nomidagi Pedagogika instituti bazasida «Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim uslubiyati» nomi bilan ochilgan edi. Bu o’quv dargohning kengayishi munosabati bilan 1976-1977 yillarning may oyida «Boshlang’ich ta’limda gumanitar fanlar va ularni o’qitish  uslubiyati» kafedrasi tashkillashtirildi. O’sha paytda  kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.Eshmurodov mudirlik qildi. Kafedra a’zolari: dos. Q.Haydarov, k.o’q.S.M.Nazarova, o’qituvchilar: D.S.Begadjiyeva, Q.Tursunov, D.Ergashev, M.Quronov, S.Sodiqovlardan iborat edi. Keyinchalik kafedraning ilmiy va pedagogik salohiyati oshib borib, ishga professor S.N.Nishonov, dos. X.T.Axmatov, dos. M.Safin, dos. Sh.Q.Shirinboyev, dots. F.Badriyev, dots. A.Azimov, dots. X.Z.Ziyadullayev, dots. V.T.Denisenko, dots. Sh.Maxmatmurodovlar ishga qabul qilindi.

Davr taqozasi bilan 1984-1985 o’quv yilida kafedra ikkiga bo’lindi.

1. Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi. Bu kafedraga quyidagi professor-o’qituvchilar mudirlik qilgan:

a) 1977-1980 yillar dots. O.Eshmurodov

b) 1980-1983 yillar dots. F.Badriyev

v) 1984-1985 yillar dos. S.Nazarova

g) 1985-1986 yillar dots. Sh.Maxmatmurodov

d) 1987-2000 yillar dots. X.Ziyadullayev

s) 2002-2007 yillar dots. Q.Tursunov

2. Tillar va adabiyot kafedrasi. Bu kafedraga esa quyidagi professor-o’qituvchilar mudirlik qilgan:

a) 1982-1987 yillar dots. X.Axmatova

b) 1987-1989 yillar dots. A.Azimov

v) 1989-1992 yillar dots. U.Sanaqulov

g) 1992-1997 yillar prof. N.Turniyozov

d) 1997-1999 yillar dots. A.Azimov.

2002-2003 o’quv yilining sentyabrida «Boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi» kafedrasi asosida uchta kafedra tashkil etildi:

1. Boshlang’ich ta’lim kafedrasi – kafedra mudiri etib dots. Q.Tursunov.

2. Boshlang’ich sinflarda tillar va adabiyot kafedrasiga dots. Sh.Maxmatmurodov.

3. Tabiiy fanlar kafedrasi mudiri dos. S.Abilovalarni saylashdi.

2005-2006 o’quv yilidan boshlab, mazkur kafedralar birlashtirilib  «Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti» kafedrasi tashkil etildi va kafedrani dots. Q.Tursunov boshqardi.

2006-2007 o’quv yilidan boshlab kafedraga dots. G’.Yaxshiboyev mudir etib tayinlandi.

Kafedra nomi milliy mavkura va g’oyaga asoslanib «Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti» deb isloh etildi. Istiqlolimiz boshlang’ich ta’limga alohida talablar qo’ymoqda. Shunga binoan kafedra jamoasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunni amalga to’liq joriy etish maqsadida, 2008 yil 4 may oyidagi universitet rektorining buyrug’iga asosan, kafedra ikkiga bo’lindi.

1. Gumanitar fanlar va ularni o’qitish uslubiyati. Kafedra mudiri dots. G’.Yaxshiboyev.

2. Aniq, tabiiy fanlar va ularni o’qitish metodikasi. Mazkur kafedraga rektorning buyrug’i asosida dots. X.Nazarov rahbarlik qilmoqda  edi.

2010-yil dekabr oyidan boshlab esa kafedrani f.f.n. F.Shodiyev boshaqib kelmoqda edi.

2012-yil birinchi noyabrdan har ikkala kafedra qo’shildi. Kafedra mudiri vazifasini boshqarib turish f.f. nomzodi F. Shodiyevga yuklatildi.

2013-yil iyun oyidan boshlab f.f.n. F. Shodiyev “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasiga mudir bo’lib tanlovdan o’tdi va universitet rahbariyati besh yilga shartnoma tuzdi.

Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2018-yil 25-dekabrdagi 6-sonli majlisidagi qaroriga ko’ra  “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi negizida “Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” hamda “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedralari tashkil etildi.

“Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti” kafedra mudiri vazifasini boshqarib turish f.f. nomzodi F. Shodiyevga yuklatildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari kafedraning xususiyatidan kelib chiqqan holda «Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining innovatsion kasbiy mahoratini oshirish muammolari» nomli mavzu asosida izlanishlar olib bormoqdalar.

Hozirgi kunda kafedrada 13 shtat birligi mavjud bo’lib, unda 8 fan nomzodi, 2 ta dotsent, 2 ta falsafa fanlari doktori, 4 ta o’qituvchi va 2 ta kabinet mudiralari faoliyat ko’rsatmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

BAKALAVR:

  • Ona tili va adabiyot
  • Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi
  • Boshlang’ich ta’limda savodxonlikni oshirish usullari
  • Boshlang’ich ta’limda yozma ishlarni o’rgatish usullari
  • Boshlang’ich sinf o’qituvchisining nutq madaniyati
  • Ona tilida o’zlashgan so’zlarni o’qitish metodikasi
     

MAGISTRATURA:

  • Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi
  • Mutaxassislik fanlarni o'qitish metodikasi
  • Boshlang’ich ta’lim metodologiyasi
  • Boshlang’ich ta’lim fanlari nazariyasi
  • Pedagogik kompetentlik
  • Pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar
  • Boshlang’ich ta’limda “Mатематика” fani mazmuni
  • Boshlang’ich ta’limda “Oна тили” fani mazmuni
  • Boshlang’ich ta’limda луғатлари назарияси
  • Boshlang’ich ta’limda ”Odobnoma” fani mazmuni
  • Boshlang’ich ta’limda “O’qish kitobi” fani mazmuni