KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Kafedra mudiri

Raupov Orif

1973-1974 yy. - Samarqand shahar 16-avtobaza yuk tashuvchisi
1974-1978 yy. - Tojikiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi
1978-1979 yy. - Tojikiston davlat universiteti jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi
1979-1987 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchisi
1987-1992 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi
1992-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsenti
2012-2013 yy. - Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi
2013-2015 yy. – Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsent vazifa bajaruvchisi
2015-2017 yy.- Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsent vazifa bajaruvchisi
2017-2018 yy.- Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi
2018-2019 yy. - Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi kafedra mudiri v.b., dotsent. 
2019 yil h.v. – Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi 

Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi 1927 yilda tashkil topgan. 2015 yildan boshlab kafedra Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport deb qayta nomlandi.
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasida 9 shtat birligi mavjud: 2 ta dotsent R.A.Qosimova, halqaro toifadagi hakam, kilichbozlik bo‘yicha sport ustasi dots. O.K.Raupov, katta o‘qituvchilar: sport ustaligiga nomzod A.A.Kurbanov, N.I.Isoyev, N.Sh.Xaitov, 4 ta o‘qituvchi-assistent: sport ustaligiga nomzod A.D.Ashurov, sport klubi raisi o‘rinbosari F.Oblanazarov, X.R.Sodikov, L.T.Mirzayevlar faoliyat kursatmoqdalar. Kafedraning ilmiy salohiyati 22.2 %ni tashkil qiladi.
«Jismoniy madaniyat va sportni ta’lim yo‘nallishlariga asosan dars jarayonida tashkil etish» bosh mavzuga mos holda kafedrada bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Bu ishlari bugungi kunda jismoniy madaniyat va sport sohasida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammolarni o‘rganish jismoniy madaniyat va sport sohasini har tomonlama takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutgan holda kafedraning bir kator professor-o‘qituvchilari bosh ilmiy mavzu bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borib uni natijalarga ko‘ra ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar chop etishmoqda. Jismoniy madaniyat va sport sohasida ustivor yo‘nalishlardan biri hisoblanib talabalarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishga va sport natijalarini yaxshilashga katta yordam beradi. 
Kafedrada ilmiy texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari o‘quv jarayoniga joriy etib kelinmoqda. 
Kafedraning professor-o‘qituvchilari bosh mavzudan kelib chiqqan holda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borib, jismoniy madaniyat bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimiga ilmiy tadqiqot natijalarini tadbiq etmoqda.
Jumladan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darslarda foydalanish uchun qo‘yidagi adabiyotlar yaratildi:
dots. O.K.Raupovning “Metodы obucheniya po izbrannыm vidam sporta”. Uchebnoye posobiye.;
dots. B.B.Kipchokov tomonidan «500 xarakatli o‘yinlar», «Qo‘yi sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasida yakka kurash elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni o‘tqazish uslubiyati» uslubiy qo‘llanma;
dots. R.A.Qosimovaning “Barkamol avlod tarbiyasida xalk milliy uyinlaridan foydalanishning pedagogik asoslari”. Monografiya.; «Suzish va uni o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanma, shu fan bo‘yicha «Dastur», «Kul tupi(gandbol) va uni o‘qitish uslubiyati» uslubiy qo‘llanma, «Jismoniy tarbiya assoslari va metodikasi” o‘quv kullanma, «Turizm» darslik;
dots. O.K.Raupov, katta o‘qituvchi A.A.Qurbonovlarning “Sportda harakat faoliyati fiziologiyasi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi omillar”. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.;
dots. O.K.Raupov, A.A.Qurbonov, S.Narzikulov “Vozniknoveniye i geneologiya Vin Chun” tavsiyanoma;
katta o‘qituvchi N.I.Isayev «Jismoniy tarbiyadan sportga» uslubiy qo‘llanma;
dots. O.K.Raupov, katta o‘qituvchi A.A.Qurbonovlarning “Dinamika formirovaniya dvigatelnыx navыkov u sportsmenov”. VAK tasaffuridagi «Axborotnoma» ilmiy axborotnoma jurnalida;
dots. O.K.Raupov A.A.Qurbonov bilan xammualiflikda “Sportda harakat faoliyati fiziologiyasi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi omillar» uslubiy qo‘llanma;
o‘qituvchi F.Oblanazarov tomonidan “Halqaro Olimpiya harakati” uslubiy qo‘llanmasi xam nashr etilgan. 
dots. O.K.Raupovning “Dynamics of general and special physical training of experienced female boxers”. European Sciences review. Scientific journal. (Vienna. Avstriya). Xorijiy ilmiy jurnalida makolalar chop etirildi.
Kafedraning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga mos keladigan ilmiy muassasalar bilan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya universiteti, Termiz davlat universiteti) xamkorlikda ishlar olib borildi. 
Kafedra qoshida «Jismoniy madaniyat va sportning ommoviyligini oshirish» talabalar ilmiy tugargi faoliyat ko‘rsatib kelmokda. 
Ilmiy raxbar katta o‘qituvchi N.I.Isayev.