KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Kafedra mudiri

Yarashev Quvondiq Safarovich

1975 - yil Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan.

1982 - yil Samarqand viloyati Urgut tumanidagi №18 o‘rta maktabini bitirgan.

1995-1999 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti talabasi

2000 - 2001 - yillar  Samarqand Davlat universiteti лаборанти

2001 - 2003 - yillar Samarqand Davlat universiteti Umumiy tabiiy geografiya kafedrasi magistranti

2003 - 2005 - yillar Samarqand Davlat universiteti aspiranti.

2006 - 2011 yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi assistenti

2012 - 2015 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya va landshaftshunoslik kafedrasi mudiri.

2015 - 2016 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi mudiri.

2016 - 2016 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi katta o’qituvchisi.

2017-2018 - yillar Samarqand Davlat universiteti doktoroanti.

2018-2019 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi dotsenti v.b.

2019 h/v. Samarqand Davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri.

Hozirgi Samarqand davlat universiteti Geografiya kafedrasi 1934 yilda Geologiya-geografiya fakulteti qoshida Umumiy tabiiy geografiya kafedrasi sifatida tashkil topgan. Geografiya kafedrasining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, kafedrani shakllanishi va rivojlanishida turli yillarda V.A.Lopato, K.F.Kondratyeva, Ya.A.Leven, N.I.Leonov, M.U.Umarov, Z.Sultonov, L.A.Alibekov, S.B.Abbosov, X.T.Nazarovlarning xizmatlari kattadir.

Bugungi kunda Geografiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari «Janubi-G‘arbiy O‘zbekistonni geosistemalarini xaritalashtirish, ulardan foydalanish va ekologik baholash» mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqdalar. Ilmiy tadqiqot ishlari Janubi-G‘arbiy O‘zbekiston tabiati, tabiiy resurslardan rasional foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, geoekologik muammolar, landshaftlarni inson hayoti uchun optimallashtirish, tabiatdagi bo‘lajak o‘zgarishlarni bashoratlash kabi masalalariga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlar doirasida professor L.A.Alibekov ilmiy rahbarligida F-8-07- «O‘zbekistonda cho‘llanish jarayoniga qarshi kurashning landshaft geografik asoslari» mavzusida fundamental davlat granti loyihasida ish olib borishmoqda.

So‘nggi yillar davomida kafedra xodimlari tomonidan 100 yaqin ilmiy va maqola va tezislar, 4 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta monografiya nashr ettirildi. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalaridan respublikamiz barcha oliy o‘quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda.

Hozirgi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professor, 6 ta fan nomzodi, dosent, 5 ta katta o‘qituvchi va 5 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriyat talabalarga «Umumiy tabiiy geografiya», «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi», «Iqtisodiy geografiya», «O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi», «Siyosiy geografiya», «Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari» fanlaridan, magistrantlarga esa «Geotizimlar haqida ta’limot», «Inson va tabiat munosabatlarining geografik asoslari», «Geografiya tarixi va metodologiyasi» kabi mutaxassislik fanlaridan dars berib kelishmoqda.

Kafedrada 5A140602-Geografiya (O‘rganish obyekti bo‘yicha)  mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud bo‘lib, bugungi kunda 15 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedra qoshida «Joy plani va mo‘ljal olish» nomli talabalar ilmiy to‘garagi faoliyat yuritib kelmoqda. To‘garakka geografiya bo‘limining 50 yaqin talabalari a’zo hisoblanib, ular o‘zlarining dolzarb mavzulari bilan ma’ruza qilib kelishmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida  ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda, yetuk geograf kadrlar tayyorlashda ilm-fanni rivojlantirish hamda yosh avlodni Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda faol xizmat qilib kelishmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • Topografiya asoslari va kartografiya, GAT
  • Umumiy tabiiy geografiya
  • Geofizika asoslari
  • Inson va tabiat
  • Geofizika va geokimyo asoslari
  • Toponimika
  • Geologiya  va geomorfologiya asoslari
  • Biogeografiya
  • Tuproqlar geografiyasi
  • O’zbekiston geografiyasi (tabiiy)
  • Meliorativ geografiya (tanlov)
  • Antropogen landshaftshunoslik (tanlov)
  • Geografiya tarixi va metodologiyasi (Tanlov)
  • Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
  • Geosferalar xaqida ta’limot  (tanlov)
  • Amaliy geografiya
  • O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi
  • Tabiat va geografiya o’qitish metodikasi
  • Geografik tadqiqot usullari
  • Geografik bashorat (tanlov)
  • Geografiyada EHMdan foydalanish (tanlov)
  • Geografik o’lkashunoslik (tanlov)
  • Tabiatdan foydalanish strotegiyasi
  • Geotizimlar xaqida ta’limot
  • Tabiiy fanlarda GIS texnologiyalari
  • Amaliy landshaftshunoslik