KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Maktabgacha ta'lim Sport faoliyati Tabiiy va aniq fanlar Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxeologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Boshlang'ich va texnologik ta'lim San'atshunoslik Ijtimoiy gumanitar fanlar Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Fakultetlararo pedagogika Fakultetlararo jismoniy madaniyat Analitik kimyo kafedrasi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari Samarqand tamadduni tarixi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Rus filologiyasi Fakultetlararo rus tili Xorijiy tillar

Kafedra mudiri

Xaydarov Safarboy Abdirashitovich

1979 - yil Samarqand viloyati  Bulung’ur tumanida tug’ilgan

1997 - yil Samarqand viloyati Bulung’ur tumanidagi № 31 umumiy o’rta ta’lim maktabini bitirgan.

1998-2002 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti talabasi

2002-2004 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti “Tabiiy geografiya” kafedrasi magistranti

2004-2007 - yillar Samarqand Davlat universiteti Geografiya fakulteti doktorant tadqiqotchi-izlanuvchisi

2008-2010 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti assistent o’qituvchisi

2010-2019 - yillar Samarqand iqtisodiyot va servis instituti katta o’qituvchisi

2015-2018 - yillar yillar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekston Milliy universiteti tadqiqotchi-izlanuvchisi.

2019-2020 - yillar Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi (PhD) katta o’qituvchisi

2020 h/v. Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi dosent v.b.

2020 h/v. Samarqand Davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi mudiri

2005-yilda universitet rahbariyati va Geografiya bo‘limi dekanatining sa’i-harakatlari natijasida gidrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura ochildi. Ushbu yo‘nalishning ochilishi hamda mutaxassislik fanlarni o‘qitishning sifatini yaxshilash maqsadida 2007 yilda SamDU ilmiy kengashi Geografiya bo‘limi qoshida yangi kafedra ochish lozim degan qarorga keldi va 2007-yil avgustda kafedrani ochish haqida qaror qabul qilindi. Kafedra ochilgandan to 2011-yilgacha unga professor S.B.Abbosov mudirlik qildi. 2011-yilning fevralidan to yilning oxirigacha kafedraga prof. A.A.Abdulqosimov mudirlik qilgan bo‘lsa, 2011-2016-yillarda kafedrani Q.S.Yarashev boshqardi. 2016-yil 16-noyabrdan 2020-yil iyun oyiga qadar professor Sh.T.Хoliqulov mudirilik vazifasini bajargan. Bugungi kunda dos S.A.Xaydarov mudirlik vazifasini bajarib kelmoqda.

Gidrometeorologiya yo‘nalishi bakalavriaturasiga dastlab 8 kishi qabul qilingan bo‘lsa, keyinchalik bu ko‘rsatkich 25 tagacha ko‘paydi va shunga mos ravishda kafedraning o‘quv soatlari hajmi ham oshib bordi. 2009-yildan boshlab kafedra qoshida Quruqlik gidrologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyat yuritmoqda.

2017-yildan boshlab 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo ixtisosligi bo‘yicha kafedrada doktarantura faoliyat ko‘rsatmoqda va hozirda kafedra doktaranturasida 3 nafar tayanch doktorant ilmiy izlanish olib bormoqda. Bundan tashqari kafedrada yana 1 nafar stajer-tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tashkil etilgandan boshlab shu kungacha bo‘lgan qisqa davr mobaynida kafedrada 230 dan ortiq kishi bakalavr darajasiga va 40 dan ortiq kishi magistr darajasi ega bo‘lib, ular vatanimizning turli sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Kafedrada yangi Davlat ta’lim standartlari asosida 5140700-gidrometeorologiya, 5140800-Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) yo‘nalishlarida bakalavrlar, 5A141101 – gidrologiya (o‘rganish ob’ektlari bo‘yicha) magistrlar tayyorlanmoqda.

Mustaqillik g‘oyasini to‘g‘ri anglagan Gidrometeorologiya kafedrasining ahil jamoasi shu kunga qadar talabalarga zamon talablari darajasida bilim berish, ularni har tomonlama bilimdon, komil inson, yetuk mutaxassis qilib tarbiyalash borasida ulkan ishlarni amalga oshirmoqdalar.