KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Maktabgacha ta'lim Sport faoliyati Tabiiy va aniq fanlar Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxeologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Boshlang'ich va texnologik ta'lim San'atshunoslik Ijtimoiy gumanitar fanlar Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Fakultetlararo pedagogika Fakultetlararo jismoniy madaniyat Analitik kimyo kafedrasi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari Samarqand tamadduni tarixi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Rus filologiyasi Fakultetlararo rus tili Xorijiy tillar

Kafedra mudiri

Ravinder Gargash

  • Qabul vaqti: Har kuni 14:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon:
  • Elektron pochta:

1967 - 1970 yy. - Dehli universiteti talabasi, Bakalavr, (BA), Ingliz tili
1970 - 1972 yy. - Dehli universiteti talabasi, Magistratura, (MA), Ingliz tili
1976 - 1978 yy. - Dehli universiteti talabasi, Magistratura (MLitt), Lingvistika 
1972 - 1986 yy. - Ingliz tili o‘qituvchisi, Dehli universiteti
1972 - 1986 yy. - Ingliz tili assistent o‘qituvchisi, (Assistant Professor) Ingliz tili, Dehli universiteti 
1980 - 1989 yy. - Dehli universiteti talabasi, (PhD) Lingvistika
1986-1987 yy. - Ingliz tili Assistent o‘qituvchisi (Assistant Professor), Ingliz tili kafedrasi, Dehli universiteti
1987-1997 yy. - Ingliz tili Dotsent o‘qituvchisi (Associate Professor), Lingvistika kafedrasi, Dehli universiteti 
1997-2014 yy. - Ingliz tili Professor o‘qituvchisi (Professor), Lingvistika kafedrasi, Dehli universiteti, Lingvistika markazi
1997-2014 yy. - Ingliz tili Professor o‘qituvchisi (Professor), Lingvistika kafedra mudiri, Dehli  universiteti, Lingvistika markazi Tashrif buyurgan Professor (Visiting Professor), Xankuk chet el tadqiqotlari universiteti, Seul, Janubiy Koreya
2014-2019 yy. - Ingliz tili tashrif buyurgan Professor (Visiting Professor), Javaharlal Neru universiteti fakulteti, Dehli va Aligarh Muslim universiteti, Aligarh, Hindiston
2019 - h.v. - Ingliz tili kafedrasi mudiri, Samarqand Davlat Universiteti

Ingliz tili kafedrasi chet tili kafedrasi nomi bilan 1962 yil SamDU chet tillar fakulteti qoshida tashkil topgan. Bu kafedra fakultetlararo kafedra bo‘lib, asosan talabalarga ingliz tilidan saboq bergan. Kafedraga dastlab professor L.A.Kletnova, katta o‘qituvchi R.M.Mamatov, dotsent B.T.Tursunov, keyinchalik professor A.M.Bushuy, professor Safarov Sh.S, dotsent A.N.Nurmuxamedov, dotsent M.B.Begmatov, dotsent Atayeva G.M, dotsent T.S. Ismailov mudirlik qilishgan bo‘lsalar, xozirgi kunda kafedrani professor Ravinder Gargesh boshqarmoqda.
Ingliz tili kafedrasi o‘z faoliyati davomida M.M.Nusharov, A.M.Bushuy, B.T.Tursunov kabi taniqli professorlarni, A.Nurmuxamedov kabi taniqli dotsentlarni, hamda Poshali Usmon kabi taniqli yetuk mutaxassislarni yetkazib berdi. Kafedrada bugungi kunda nafaqadagi ajoyib professor-o‘qituvchilar: dotsent L.L.Arustamyan, dotsent A.M. Yuzlikayeva, dotsent D.I.Faxrutdinova, katta o‘qituvchilar: X.Mirmuxammedova, D.Sh.Mamajonova, K.Z.Xodjayeva, K.O.Mamadaliyevalar ko‘plab talabalarga ingliz tilidan saboq berganlar. Xozirgi kunda kafedrada Ravinder Gargesh professor lavozimida, G.M.Atayeva dotsent lavozimida, M.Kushshayeva, O.Umarova, S.Sodikova, B.Azizova, D.Sobirova, A.Urazqulova, N.Isakova, N.Xolmurodovalar katta o‘qituvchi lavozimida, K.Maxkamova hamda S.Ro‘ziyeva, Sh.Xushmurodova, F.Xaydarov, S.Usmonov, F.Negova, M.Akabirova, U.Qurbonova, N.Kuchimova, K.Xolmurodova, Z.Sobirova, Sh.Rofeyeva, S.Toxirova, Sh.Tolibova, J.Abduraxmonov, X.Beqqulova, D.Rasulova, I.Rasulova, F.Qodirova, G.Qurbonova, Sh.Xasanova, H.Absalomov, S.Xodjayorova, A.Saidova, N.Nizomiddinova, R.Eshmamatov, S.Allamurodova, N.Turumova, N.Raximova, Le Hajong, X.Tugalov, N.Rashidova, A.Burxonovalar o‘qituvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra Angliya va AQSh elchixonasi bilan muntazzam aloqada bo‘lib, AQShdan kelgan o‘qituvchi Ashcraft Katherine Elizabeth o‘z faoliyatini ko‘rsatmoqda.
Kafedraning o‘qituvchilari xalqaro ilmiy konfrensiyalarda o‘z maqolalari bilan muntazam ishtirok etib kelmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 10%.
Ingliz tili kafedrasi umumiy ilmiy mavzusi “Zamonaviy tilshunoslik masalalari va xorijiy tillar o‘qitish uslubiyati” mavzusida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda kafedra ilmiy ishlarini saviyasini oshirish maqsadida so‘nggi uch yil davomida 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanma, ingliz tilida multimediya darsliklar yaratildi. Kafedraning ilmiy maqolalar to‘plami chop etilib, unda kafedraning barcha a’zolarining ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari kiritilmoqda. Kafedra a’zolarining 30 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro konferensiya to‘plamlarida, 4 ta xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedraning yosh assistentlari doktorlik dissertatsiyasilari ustida ish olib borishmoqda. Bugungi kunda ikki nafar ingliz tili o‘qituvchilari falsafa doktori (PhD) darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.