KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Maktabgacha ta'lim Sport faoliyati Tabiiy va aniq fanlar Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxeologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Boshlang'ich va texnologik ta'lim San'atshunoslik Ijtimoiy gumanitar fanlar Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Fakultetlararo pedagogika Fakultetlararo jismoniy madaniyat Analitik kimyo kafedrasi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari Samarqand tamadduni tarixi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Rus filologiyasi Fakultetlararo rus tili Xorijiy tillar

Adabiyot nazariyasi va istiqlol davri adabiyoti kafedrasi mudiri

Hasanov Shavkat Ahadovich

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +99891 551-73-22
  • Elektron pochta: x-shvkat@samdu.uz

  • 1967 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani Denov qishlog’ida tug’ilgan;
  • 1983 -1989 yillar – Samarqand davlat universiteti O’zbek va tojik filologiyasi fakulteti talabasi;
  • 1985-1987 yillar – Armiya safida xizmatda bo’ldi;
  • 1990-1991 yillar – Toshkent shahridagi “Yozuvchi” nashriyotida musahhih, muharrir lavozimlarida ishladi;
  • 1991-1993 yillar – Samarqand davlat universiteti Qardosh xalqlar adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi assisenti;
  • 1993 yil – O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga a’zosi;
  • 1995 yil – Samarqand davlat universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan Kengashda “O’zbek dramatik dostoni” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi;
  • 2004 yil – “XX asrning ikkinchi yarimi o’zbek dostonlari poetikasi” mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qildi;
  • 2002-2004 yillar – Samarqand davlat universiteti tahrir-nashriyot bo’limi boshlig’i;
  • 2004-2011 yillar – Samarqand davlat universiteti Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti kafedrasi dosenti;
  • 2011-2014 yillar: Samarqand davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishladi;
  • 2014 yil – Samarqand davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori lavozimida ishladi;
  • 2017 yildan Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

Kafedra SamDUning dastlabki kafedralaridan biri hisoblanadi. U 1927 yilda “O’zbek adabiyoti tarixi” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedraning shakllanishida A.Fitrat, S.Ayniy, A.Sa’diy, V.Abdullayev, O.Sharafiddinov kabi yirik adabiyotshunos olimlarning xizmati katta bo’ldi.

1984 yilda bu kafedra tarkibidan “Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.  2015-2016 o’quv yilidan e’tiboran  “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi nomi ostida  birlashtirilgan. 2017 yildan esa “Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.  Kafedrada turli yillarda faoliyat yuritgan adabiyotshunos olimlar qator muvaffaqiyatlarga erishganlar.  N.Shukurovning "Adabiyotshunoslikka kirish"; S.Mirzayevning "Hozirgi zamon o’zbek adabiyoti tarixi"; H.Umurovning "Adabiyot nazariyasi", "Badiiy ijod asoslari", "Adabiyotshunoslik nazariyasi" kabi asarlari ana shu yutuqlar samarasi bo’lib, respublikamiz oliy o’quv yurtlari filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik vazifasini o’tamoqda.     

Kafedra a’zolari boshdanoq pedagogik ishni ilmiy tadqiqot ishlari bilan qo’shib olib bormoqdalar va yaxshi natijalarga yerishmoqdalar. Samarqanddan yetishib chiqqan adabiyotshunos olimlardan yettitasi turli yillarda hozirgi zamon o’zbek adabiyotidan doktorlik dissertasiyasini tayyorladilar va himoya qildilar. Bular: Orif Ikromov (1970), Sa’dulla Mirzayev (1973), Nuriddin Shukurov (1973), Rahim Muqimov (1975), Hotam Umurov (1984), Shavkat Xolmatov (1986), Isroil Mirzayev (1991), Shavkat Hasanov (2004), Abdurahim Soliyev (2012), shuningdek, turli yillarda kafedra yordamida 60 dan ziyod aspirant va yosh tadqiqotchilar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar. Bularning  aksariyati O’zbekistonning turli shahar va viloyatlaridagi universitet va pedagogika oliygohlarida, muassasa, nashriyot, gazeta va jurnallarda faoliyat ko’rsatib, mamlakatimizda ilm-fan, maktab-maorif taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shdilar va qo’shmoqdalar.

Kafedra: buguni va istiqboli

Kafedramiz professor-o’qituvchilari bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat yuritmoqda. Kafedra tomonidan tayyorlanayotgan darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, uslubiy tavsiyalar yangi pedagogik texnologiyalar asosida yaratilmoqda. Hozirgi kunda  kafedrada 3 ta fan doktori, professor, 3 ta  fan nomzodi, 1ta dosent, 3 ta katta o’qituvchi, 1 ta o’qituvchi bo’lib, jami 8 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. A.Nosirov, U.Qobilov M. Davronovalar doktorlik dissertasiyasi ustida ishlamoqda.

Kafedra qoshidagi “Shalola” va “Yosh adabiyotshunos” to’garaklari faoliyati yanada jonlanib bormoqda. To’garak a’zolari universitet va viloyat miqyosida turli tadbirlarda ishtirok etib munosib taqdirlanmoqda      Kafedramiz kelajakdagi maqsadlaridan biri bugungi kunda doktorlik dissertasiyalari bilan shugullanib kelayotgan o’qituvchilar faoliyatini qo’llab quvvatlash, ularning oldiga qo’yilgan maqsadlarini amalga oshishiga ko’maklashishdir.  A. Toshpo’latovning “O’zbek adabiyotida novella janri va uning badiiyati”, D. Xursanovning “Hozirgi o’zbek she’riyatida xronotop poetikasi” kabi falsafa doktorligi dissertasiyalari tayyorlanmoqda. Kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan o’quv mashg’ulotlari zamon talablariga muvofiq, kadrlar tayyorlash milliy dasturidan kelib chiqqan holda  yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilmoqda.

Bugungi kunda kafedrada yangi ilmiy, badiiy kitoblardan iborat kutubxona tashkil etilgan. Bu kutubxonadan fakultet talabalarining barchasi foydalanib kelmoqda. Kutubxonada yangi mustaqillik mafkurasi g’oyalariga javob beradigan kitoblar jamlangan. Kelgusida professor-o’qituvchilarimiz tomonidan kutubxona fondini yanada kengaytirish kutilmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavriat ta’lim yo'nalishi o’quv rejasi

Magistratura mutaxassisligi o’quv rejasi