KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Maktabgacha ta'lim Sport faoliyati Tabiiy va aniq fanlar Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxeologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Boshlang'ich va texnologik ta'lim San'atshunoslik Ijtimoiy gumanitar fanlar Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Fakultetlararo pedagogika Fakultetlararo jismoniy madaniyat Analitik kimyo kafedrasi Sotsiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Tojik filologiyasi va xorijiy sharq tillari Samarqand tamadduni tarixi Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Rus filologiyasi Fakultetlararo rus tili Xorijiy tillar

Kafedra mudiri

Bo'tayeva Umida Aliboyevna

  • Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  • Telefon: +998 97 9170983
  • Elektron pochta:


17.07.1983 yil - Samarqand viloyati Jomboy tumanida tavallud topgan.
1989-2000 yy. – Jomboy tuman xalq ta’limiga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan
2002-2006 yy. - Samarqand davlat universiteti bakalavriat talabasi
2006-2008 yy. - Samarqand davlat universiteti magistratura talabasi
2007-2008 yy. - 1-son Samarqand pedagogika kolleji “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi pedagogika-psixologiya fani o‘qituvchisi
2008-2012 yy. -  Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogika-psixologiya va ta’lim menejmenti” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2012-2013 yy. -  Toshkent mehmonxona xo‘jaligi kasb-hunar kolleji psixologi
2013        y. -  Toshkent viliyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti  o‘quv-uslubiy bo‘lim dispetcheri
2013-2014 yy. -  Jizzax viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “Pedagogaka, psixologiya va menejment” kafedrasi mudiri v.b.
2014-2015 yy. -  Samarqand shahar Siyob tibbiyot kolleji “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
2016-2018 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pelagogika universiteti tayanch doktaranti 
2019-2020 yy. - Samarqand viloyati halq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi dosenti v.b.
2020-2021 yy. - Samarqand davlat universiteti “Psixologiya nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi o‘qituvchisi (PhD)
2021 y –h.v - Samarqand davlat universiteti “Psixologiya nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri

Samarqand davlat universiteti o’nlab soha mutaxassislarini jamiyat ishlab chiqarishiga yetkazib beruvchi uzoq tarixga va kuchli nufuzga ega oliy ma’rifat dargohidir.
Jamiyat taraqqiyotida o’z hissalarini qo’shib kelayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar qatorida, jumladan, psixologlar ham qariyb 80 yil davomida ijtimoiy hayotda xizmat qilib kelishmoqda.
Universitetda psixologiya fani taraqqiyotiga hissa qo’shgan olimlar – Sulton Rahimov (“Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari”), Gavhar Yormuhammedova (pedagogik psixologiya), Musa Xalilov (“Talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish”), Tamara Abayeva (oila psixologiyasi), Ninel Grigoryeva, Damir Rabbimov (psixologiya tarixi), Zebo Ibragimova (psixologik xizmat), Zulayho Hasanova (“Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarida oila motivasiyasi”) hamda bugungi kunda ham ushbu fan yo’lida yurgan inson ruhiyati bilimdonlari Qudrat Daminov, O’g’iloy Otavaliyeva, Abduhalim Abduahadov, Sobir Muhsinov, Ermat Iskandarov, Xolboy Ibragimov, Yo’ldoshboy Masharipovlar universitet psixologiya kafedrasini hozirgi vaqtda yiliga 60-80 nafar psixolog mutaxassislar bitirishlariga asos yaratishgan. 
Universitetda 17 yildan buyon psixologiya bakalavriat yo’nalishi mavjud. Yo’nalish bitiruvchilari jamiyat ishlab chiqarishining turli sohalarida – ta’lim, sog’liqni saqlash, ichki ishlar idoralari, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, sport, savdo va boshqa sohalarda psixolog mutaxassis sifatida ishlashmoqda.
So’nggi yillarda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, ular talabalarga ta’lim, ma’naviy tarbiya berish, bitiruvchilar monitoringini olib borish va jamoatchilik faoliyatlari – ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishadi. Kafedrada 2013-yildan “Psixologik markaz” o’quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan. Unda asosan psixologik xizmat, psixologik maslahat, psixoprofilaktika, psixodiagnostika ishlari yo’lga qo’yilgan. Kafedra Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Payariq maishiy xizmat kolleji, universitet qoshidagi 2-sonli akademik lisey, Samarqand 1 va 2-sonli pedagogika kollejlari bilan hamkorlik o’rnatgan.
Kafedra viloyatda yagona psixologik xulosa berish vakolatiga ega tashkilot sifatida davlat organlariga ishga kirishga nomzod shaxslarga tavsifnomalar beradi, sud-psixologik ekspertizalari o’tkazadi hamda Samarqand shahri va viloyatda psixoprofilaktik ishlarni olib borishga yaqindan yordam beradi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini barpo etish, buning uchun esa sog’lom jamiyatni shakllantirish, jamiyatning tarkibiy qismi hisoblanuvchi shaxsni taraqqiy ettirish – sosiologiya, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, adabiyotshunoslik, iqtisodiyot, huquqshunoslik, tibbiyot, pedagogika fanlari qatorida psixologiya fanining ham dolzarb vazifasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyat oilalardan tashkil topgan ekan, oila sog’lom va baxtli kelajakni yaratuvchi asosiy manba sifatida kuchli ijtimoiy ta’sirga ega. Yurtimizda ushbu ijtimoiy institut mavqyeiga tayangan holda shaxsni taraqqiy ettirish tamoyiliga amal qilinmoqda. Respublikamizning bir nechta viloyatlarida shahar va tumanlar hokimliklari qoshida «Ayollar maslahat markazi» tashkil etilgan. Jumladan, Samarqand shahar hokimligi qoshida ish yuritayotgan «Ayollar maslahat markazi»ga sosiolog, yurist, vrach, psixolog mutaxassislar jalb qilingan. «Ayollar maslahat markaz»iga kafedradan biriktirilgan psixolog mutaxassislarimiz psixoprofilaktik ishlar, psixodiagnostik ishlar, rivojlantiruvchi va korreksion ishlar, psixologning maslahat berish ishlarini yo’lga qo’yishgan. 
Ayollar maslahat markaziga oilaviy inqirozni boshidan kechirayotgan ayollar, ularning ota-onalari; o’smir va o’spirin yoshidagi  farzandlari bilan shaxslararo munosabatlarida muammolari bo’lgan ota-onalar; ishsizlar, hayotdan qoniqmagan shaxslar; depressiv nevroz va stress holatidagi shaxslar; jinoiy xulqqa moyil shaxslarning yaqinlari; o’z-o’zini anglashga va o’z-o’zini rivojlantirishga intiluvchi sog’lom ruhiyatli shaxslar murojjat qilishmoqda.
Jamiyatimiz kelajagi va taraqqiyoti ruhan va jismonan sog’lom yoshlarni o’stirishimizga bog’liq. Buning uchun narkotikka tobelik va terrorizm psixologiyasini, umuman, jinoiy xulq motivasiyasini o’rganish, yoshlarimizda unga moyillikni oldindan diagnostika qilish va zarur bo’lganda korreksiyalash vazifasi malakali psixolog mutaxassislar zimmasidadir.  
Hozirgi vaqtda terrorchi shaxs va terrorchilik xatti-harakatlarini yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmlar to’liq o’rganilmagan, shuning uchun terrorizmga qarshi kurashish va uning oldini olishda psixologik bilimlar muhim o’rin egallaydi.
Kafedra psixolog mutaxassislari har qanday psixologik yordamni shaxsning o’z hayotidan ma’no topishi (logoterapiya), sabr ma’nosini anglatish, ijodiy kuchini uyg’otish uslublarini qo’llab olib borishadi. 
Psixologiya yo’nalishi 2018-yil sentyabrdan boshlab Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibida faoliyat ko’rsatib, shu yildan boshlab rus guruhi tashkil topdi. Kafedrada 24 nafar professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatadi. Ulardan 3 nafari fan nomzodi, dosentlar; 3 ta katta o’qituvchi.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

  • Mutaxassislikga kirish
  • Umumiy psixologiya
  • Eksperemental psixologiya
  • Umumiy psixodiagnostika
  • Sosial psixologiya
  • Individual va guruhiy konsultasiya
  • Psixologik tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari
  • Sosial psixologik trening
  • Maktabgacha ta’lim psixologiyasi
  • Ilg’or pedagogic texnologiyalarning psixologik asoslari
  • Pedagogik psixologiya va PO’M
  • Konfliktlar psixologiyasi
  • Muloqot psixologiyasi
  • Kreativ psixologiya
  • Sudga oid psixologiya yekspertizasi
  • Kognitiv psixologiya
  • Tibbiyot psixologiyasi
  • Deviant xulq psixologiyasi
  • Tashkilotlarda psixologik xizmat
  • Mehnat va muhandislik psixologiyasi
  • Maxsus psixologiya
  • Yuridik psixologiya
  • psixognetika
  • Psixologik xizmat
  • Psixogigena
  • Psixologiya nazariyasi va tarixi
  • Rivojlanish psixologiyasi va pedagogic psixologiya
  • Boshqaruv psixologiyasi
  • Psixodiagnostika va eksperemental psixologiya
  • Ijtimoiy psixologiya
  • Umumiy psixologiya