KAFEDRALAR Sport pedagogik mahoratini oshirish kafedrasi Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi Muhandislik grafikasi kafedrasi Botanika kafedrasi Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi Matematik modellashtirish kafedrasi Inson resurslarini boshqarish kafedrasi Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi Umumiy fizika kafedrasi O'zbekiston tarixi kafedrasi Psixologiya nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Mаtematik tahlil kafedrasi Rus tilshunosligi kafedrasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi Huquqshunoslik va huquq ta’limi kafedrasi Agrokimyo va o’simliklarni himoya qilish kafedrasi Umumiy psixologiya kafedrasi Zoologiya kafedrasi Optimal boshqaruv metodlari kafedrasi Raqamli iqtisodiyot kafedrasi Umumtexnika fanlari va texnologiyalar O‘zbek tilshunosligi kafedrasi Optika kafedrasi Arxiologiya kafedrasi Boshlang’ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti Algebra va geometriya kafedrasi Rus va chet el adabiyoti kafedrasi Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi Noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi Ijtimoiy - iqtisodiy geografiya kafedrasi Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo kafedrasi Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi Tasviriy san’at kafedrasi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi Qattiq jisimlar fizikasi Jahon tarixi kafedrasi Falsafa va milliy g'oya kafedrasi Pedagogika kafedrasi Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi Rus tili kafedrasi Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi Gidrometeorologiya kafedrasi Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi Genetika va biotexnologiya kafedrasi Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi Analitik kimyo kafedrasi Sosiologiya va ijtimoiy ish kafedrasi Musiqa ta'limi kafedrasi O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Yadro fizikasi va astronomiya Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Differensial tenglamalar kafedrasi Ingliz tili kafedrasi Dasturiy injiniring kafedrasi Tojik tili va adabiyoti kafedrasi Nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasi Matematik fizika va funksional analiz Roman-german tillari kafedrasi Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya Nazariy va amaliy mexanika kafedrasi Xorijiy sharq tillari kafedrasi

Mehnat ta'limi mudiri

Elmonov Sirojiddin Mamadiyarovich

“Umumtexnika fanlari” kafedrasi 1976 yilda sobiq S.Ayniy nomidagi Samarqand pedagogika instituti tarkibida tashkil etildi.

1992 yil Pedagogika instituti Samarqand davlat universitetiga tarkibiga kirishi munosabati bilan kafedra “Fizika” fakultetiga qo’shildi.

1994 yilda “Umumtexnika fanlari” kafedrasi “Pedagogika” fakulteti tarkibiga qo’shildi. 2002-yilda kafedra “Pedagogika” fakulteti tarkibidan ajralib chiqib, yangi tashkil etilgan “Kasbiy ta’lim” fakulteti tarkibiga qo’shildi. 

2005 yil “Kasbiy ta’lim” fakulteti “Pedagogika” fakultetiga qo’shilib, “Kasbiy ta’lim” bo’lim sifatida faoliyat yuritdi.

2007 yil “Kasbiy ta’lim” bo’limi “Kasbiy ta’lim” fakultetiga aylantirildi.

2008 yil “Kasbiy ta’lim” fakultetiga “Musiqa ta’limi” yo’nalishi qo’shilishi munosabati bilan fakultet nomi “San’atshunoslik” fakultetiga o’zgartirildi va “Umumtexnika fanlari” kafedrasi shu fakultet tarkibida qoldi.

2016 yil “Umumtexnika fanlari” kafedrasi “Mehnat ta’limi” kafedrasiga o’zgartirildi.

2018 yil “Maktabgacha ta’lim” fakulteti tarkibiga kirdi.

2020 yil 1-fevraldan “Mehnat ta’limi” kafedrasi “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasiga  o’zgartirildi.

Kafedra faoliyatini quyidagi olim-pedagoglar boshqardilar:

1976-1978 yillarda dosent A.Abdullayev;

1978-1984 yillarda katta o’qituvchi M.Niryayev;

1984-1994 yillarda dosent A.Baxriddinov;

1994-2011 yillarda dosent Sh.Quvondiqov;

2011-2015 yillarda dosent O.Eshniyozov;

2015-2017 yillarda katta o’qituchi N.Tug’izov;

2017-2020 yillarda t.f.n. A.Urunov;

2020 yildan boshlab kafedrani PhD dos. S.Elmonov boshqarib kelmoqda.

Hozirgi kunda ushbu kafedra “Maktabgacha ta’lim” fakulteti tarkibida bo’lib, quyidagi professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda: dos. Sh.Quvondiqov, dos.M.Raxmatov, dos.I.Suvanqulov, dos.O.Eshniyozov, t.f.n.A.Urunov, dos.T.Ostonov, katta o’qituvchilar Sh.Mamasoliyeva, L.Bobomurodova, o’qituvchilar G.Bakayev A.Nuritdinov, R.Jiyanqulova, M.Rasulova, A.Nuriddinov, S.Igamov, Z.Markayevlar.

Keyingi 10 yil davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 5 ta o’quv  qo’llanma, 14 ta uslubiy qo’llanma, 70 dan ortiq ilmiy maqolalar hamdo’stlik mamlakatlari hamda Respublikamiz  miqyosidagi ilmiy va ilmiy-uslubiy jurnallarda chop ettirilgan. Kafedramiz professor-o’qituvchilari tomonidan chop etilgan ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy va o’quv-uslubiy qo’llanmalardan nafaqat  texnologik ta’lim yo’nalishidagi talabalar, balki viloyatimizdagi maktablarda va kasb-hunar kollejlarida mehnat ta’limi va umumtexnika fanlaridan dars beradigan o’qituvchilar tomonidan keng foydalanilmoqda.

Kafedra ilmiy-tadqiqot rejasiga asosan professor-o’qituvchilar “Umumtexnika fanlarini o’qitishda innovasion texnologiyalar” mavzusi yo’nalishida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

“Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi o’quv jarayonini, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarni, o’quv, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlarni sifatli tashkil etish maqsadida bir qator oliy o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari, kasb-hunar kollejlari va o’quv va ilmiy markazlar bilan bilan hamkorliklarni yo’lga qo’ygan.

Masalan: “8-mart” MChJ tikuvchilik korxonasi, “Samarqand-Buxoro ipak gilamlari” korxonasi, “Amin invest” ishlab chiqarish korxonasi (Jomboy), “Afrosiyobjeans” MChJ ishlab chiqarish korxonasi, “Maroqand mebel” MChJ korxonasi, “Samarqand kasb-hunarga o’qitish” markazlari bilan shartnomalar tuzilib amaliyot ishlari olib borilmoqda.

Kafedrada “Duradgorlik”, “Mohir qo’llar” va “Tikuvchilik” to’garaklari faoliyat yuritmoqda. Bu to’garaklarda talabalar tayyorlagan ishlari bilan turli ko’rgazmalarda ishtirok etib kelmoqda.

 Shu kungacha “Umumtexnika fanlari va texnologiyalar” kafedrasi 5112100-Texnologik ta’lim  yo’nalish  bo’yicha mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari