Samarqand Davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti tomonidan 300 dan ortiq kitoblar sovg`a tariqasida tarqatildi

img

Universitetimizda so`nggi kunlarda bo`lib o`tayotgan “Dekan kubogi”, Zakovat intellektual o`yinlari va TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar o`rtasida o`tkazilgan turli tanlovlarda Yoshlar ittifoqi jonbozlik ko`rsatib, jami 300 dan ortiq badiiy kitoblar talabalarimizga sovg`a sifatida tarqatildi. Prezidentimiz tomonidan ilgar surilgan 5 tashabbus doirasida amalga oshirilgan ushbu tadbirlar talabalarning kitobga bo`lgan qiziqishini yanada oshirish va ularni badiiy adabiyotlar o`qishga jalb etishni o`z oldiga maqsad qilib olgan.