Samarqand davlat universiteti hamda Xitoy Fanlar Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari

img

2021 yilning 29 aprel kuni hozirgi kunda Xitoy Fanlar Akademiyasi Fizika va Kimyo texnik instituti xodimi, Samarqand davlat universiteti Organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasida o‘rindoshlik asosida mehnat qilayotgan olim, kimyo fanlari doktori Bozorov Xurshid Abdulloyevich onlayn ma’ruza qildi.

Onlayn ma’ruzada kafedraning bir qator tadqiqotchilari va tayanch doktorantlar ishtirok etdi.

K.f.d. Bozorov X.A. XFA FKTI da biologik faol organik birikmalar sintezi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.  

Tadqiqotchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liqonli javob olishdi.