Xotira aziz!

img

Ikkinchi jahon urushiga O‘zbekistonlik vatandoshlarimiz jangda qatnashib, o‘zlarining hissalarini  qo’shishgan va G‘alaba uchun jonlarini fido qilishgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi tashabbusi bilan, Markaziy harbiy okrugi hamda Samarqand davlat universiteti  Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti bilan xamkorlikda: 1925 yilda tug’ilgan Xasanov Juma bobo va 1931 yilda tug’ilgan  Pogreboyeva Svetlana xonadonlarida bo’lishdi.   Assotsiatsiyasi vakillari, Markaziy okrug harbiy orkestori va talaba yoshlar  tomonidan  urush yillarini eslatuvchi “Katyusha” musiqasi kuylab berilib ularning kayfiyatlarini ko’tarishdi.  Tashrif davomida talaba yoshlar o'zlarining chiqishlari, rasqlari va tilaklari bilan urushda mardlarcha dushmanni yengib kelgan faxriylarimizni ko'ngillarini ko'tarishdi. Ular urushdagi voqealarni, qiyinchiliklar bo’lganini yoshlarga so’zlab berib , hozirgi tinchlikni qadriga yetishni tavsiya qildilar.