"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" yoshlar festivali boshlandi...

img

Bugun, 11-iyun kuni Samarqand shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivaliga start berildi.
Festival so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yish bilan boshlandi.
Samarqand davlat universiteti talabalari, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mushoira, she’rxonlik, badiiy chiqishlar festivalning ko‘tarinki kayfiyatda boshlanishida muhim omil bo‘ldi.
Komron Axmedov, Samarqand davlat universiteti talabasi, festival ishtirokchisi:
— O‘zbekiston yoshlar mamlakati. Yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiramiz. Bugungi festival biz yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning bir ko‘rinishi. Festivalimiz endigina boshlanmoqda. Bizni "Kitobxon talaba" tanlovi, fan olimpiadalari, kechki dasturlarda gala konsertlar kutmoqda. Men festival ishtirokchisi ekanligimdan faxrlanaman!
Festivalning ochilish marosimida Samarqand davlat universiteti rektori Oliy Majlis Senati a’zosi professor Rustam Xolmurodov ishtirok etdi.

Otabek SA’DULLAYEV
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xodimi,

samdu.uz uchun maxsus tayyorlandi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.