"Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" yoshlar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi...

img

Samarqand shahrida boshlangan Yoshlar festivalini Samarqand viloyati hokimining  o‘rinbosari Xurshid Ochilov kirish so‘zi bilan ochdi.
 Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov yoshlarni bugungi festival bilan qutladi:
— Mamlakatimizning 60 foiz aholisi yoshlar. Samarqand yoshlar eng ko‘p bo‘lgan shahar. Bugun sizlarning bayramingiz. Kuling, quvnang! Bu yaratilgan sharoitga sizning javobingiz faqat o‘qish va o‘rganish bo‘lsin! Davrlaringiz muborak!
Samarqand  shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov, Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Xusen To‘xtayev ham yoshlarni bugungi festival bilan muborakbod etib, ularga omad tiladi.

Festival rasman boshlandi

 

Otabek SA’DULLAYEV
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xodimi,

samdu.uz uchun maxsus tayyorlandi.
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.