Samarqand davlat universitetining 7 nafar talabasi Xitoyning Shanxi Normal University ni tamomladi

img

Samarqand davlat universiteti tarix fakultetining talabalari Mahfuza Abdumajidova, Kamila Ablayarova, Parviz Narzullayev, Mironshoh Bozorov, Shehroz Begmatov, Sherzod Karimov, Husan Ziyodov  Xitoy Xalq Respublikasining Shanxi Normal University ni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Ular 2+2 dasturi doirasida ta’lim olish uchun ushbu universitetga yuborilgan edi. 
Ilm toliblari 2 yil vaqt davomida ular xitoy tili, madaniyati, ta’lim tizimini o‘rgandi. 

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, ushbu dastur doirasida talabalar almashinuvi davom etadi. 
Samarqand davlat universiteti 
Axborot xizmati