Samarqand davlat universiteti yadro elektronikasi yangi innovatsion laboratoriyasi

img

2021-yil 16-iyun kuni MAGATE moliyaviy yordami (UZB0006 granti) bilan yadro elektronikasi yangi innovatsion laboratoriyani yaratish bo‘yicha ishlar yakuniga yetdi. Joriy yilning iyun oyida yadro elektronikasi uchun 40 ming AQSH dollaridan ortiq miqdordagi uskunalarning yana bir qismi qabul qilindi. Yadro elektronikasi va yadro reaktori fizikasi asoslari kurslari uchun mo‘ljallangan 25000 AQSH dollaridan ortiq qo‘shimcha uskunalarning navbatdagi qismining kelishi kutilmoqda.

MAGATE UZB0006 loyihasi rahbari, yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti (PhD) Akmal Safarov 1-kurs magistrantlari bilan Raspberry Pi (Raspbian) bitta platali kompyuterda Python dasturi yordamida ma’lumotlarni tahlil va vizualizasiya qilish jarayonida. 

 Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistentlari (PhD) Akmal Safarov va Kaxramon Norboyev 1-kurs magistrantlari bilan Massachusets texnologiya institutida (AQSH) ishlab chiqarilgan Geyger-Myuller hisoblagichining prinsiplarini o‘rganish paytida.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar