“Ilmiy loyihalarni shakllantirish, tijoratlashtirish, ilmiy nashrlarni indeksatsiyalash va iqtiboslikni oshirish” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi

img

Bugun Samarqand davlat universitetida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “Ilmiy loyihalarni shakllantirish, tijoratlashtirish, ilmiy nashrlarni indeksiyalash  va iqtiboslikni oshirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari ishtirok etdi. 
Tadbirni SamDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Hakim Xushvaqtov kirish so‘z bilan ochdi. 
Anjumanda ishtirokchilar keyingi istiqbolli loyihalar, amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan yangi g‘oyalar va ilmiy fikrlar almashdi.

 

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar