Samarqand davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

img

 Bugun Samarqand davlat universiteti akademik litseyi 431 nafar bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bitiruvchilarga a’lo darajali, imtiyozli diplomlarni Samarqand davlat universiteti rektori, Oliy Majlis Senati a’zosi, professor Rustam Xolmurodov, SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Ahmadjon Soleyev, litsey ijrochi direktori, dotsent Azamat Umarov topshirdi.
-Yoshlik kelajakni qurish uchun berilgan vaqtdir, - deya ta’kidladi SamDU rektori, professor Rustam Xolmurodov. – Sizning asosiy vazifangiz o‘qish va yana o‘qish. Bugun chet tillari bo‘yicha xalqaro sertifikat olgan yoshlarimizni ko‘rib quvondim. Lekin bu kam. Biz kelgusida bitiruvchilarimizga chet tilini bilish talabini qo‘yamiz. Til  bilgan – el biladi. Til bilgan inson hech qachon yutqazmaydi. Til o‘rganing bolalarim. Men sizlarni jonajon universitetimizga o‘qishga taklif etaman. Sizlarning orangizdan ertaga akademiklar, professorlar, davlat va jamoat arboblari yetishib chiqishiga ishonaman. Najot ilmda. Ilm egallagan inson hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topadi. Ertaga sizlar ota-onangizni jamiyatni faxr-iftixoriga aylanasiz. Buning uchun faqat o‘qish kerak.
Tadbirda yil davomida a’lo baholarga o‘qigan, o‘z xulqi, o‘qishi, jamoat ishlarida faol bo‘lgan yigit-qizlarning ota-onalariga ham litsey direktorining maxsus tashkkurnomalari topshirildi. 
Jasur Saydullayev, litsey bitiruvchisi:
-Bugun ikki yil davomida bizga ta’lim bergan, ikkinchi uyimizga aylanib ulgurgan litseyimizni tugatmoqdamiz. Men imtiyozli diplom oldim. Yaratilgan imkoniyatlar asosida ingliz tilidan xalqaro Ielts 6.5 sertifikati, o‘zimizning chet tillarini bilish darajasi testidan B2 darajasini olishga muvaffaq bo‘ldim. SamDU rektoriga, o‘qituvchilarimga minnatdorlik bildiraman. Bu qutlug‘ dargohda o‘qigan kunlarimni hech qachon unutmayman.

Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati
Shavkat Akramov olgan suratlar