Samarqand davlat universitetining 2 nafar talabasi Moskva davlat elektron texnologiya instituti doktoranturasiga qabul qilindi

img

      Universitetimizning fizika fakulteti talabalari Behzod Mustafoyev va Ilhom Jo‘raqulov 2019-yilda Samarqand davlat universiteti tomonidan Moskva davlat elektron texnologiya institutiga magistratura bosqichiga o‘qishga yuborilgan edi.

      Talabalarimiz magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, Moskva institutining asbobsozlik  va materialshunoslik, kondensatsiyalangan muhitlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura bosqichiga o‘qishga kirishga erishdi.

      Talabarimizga kelgusi ilmiy faoliyatlarida omad tilaymiz.

      Ma’lumot uchun, bundan bir necha kun oldin Samarqand davlat universitetining 38 nafar talabasi “Stankin” Moskva davlat texnologiya universitetiga o‘qishga yuborilgan edi.

 

Otabek Sa’dullayev,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi