O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan elektromobillarni zaryadlovchi maxsus qurilma loyihasi moliyalashtirilgan bo‘lib, ushbu loyiha asosida O‘zbekiston iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektrik tizimlari orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi yaratildi.

    U Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi olimi, texnika fanlari doktori Nuraddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.

    Loyihani bajarish jarayonida quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish hamda markaziy elektr tarmoqlariga xavfsiz ulash uchun har bir stansiyaning quvvati va har bir hudud uchun texnik talablar ishlab chiqiladi.

    Batafsil:https://mininnovation.uz/oz/news/post-34

 

Manbaa: Innovatsiya vazirligi