Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Fransiyaning Puate universiteti O‘rta Osiyo oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik bo‘yicha koordinatori Licha Bajini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

    Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov, xalqaro hamkorlik bo‘limi koordinatori Muxtor Nosirov bilan olib borilgan muzokaralarda ikki universitet aloqalarini yanada yaxshilash, keng ko‘lamdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.

Shavkat Akramov olgan suratlar.