Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, Jahon fiziologlar jamiyati akademigi, Rim universiteti  faxriy professori Bakriddin Zaripovning shu nomdagi Bilbordi Nyu-York markazi – Manhettendagi 80 qavatli binoda aks etdi.

    Bakriddin Zaripov AQSh ning nufuzli NASA loyihasida oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish fiziologiyasi bo‘yicha muhokama va tadbirlarda faol ishtirok etib, mazkur loyihaning ishtirokchisiga aylandi. Shuningdek, Samarqand davlat universiteti tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining tashkil etilishi hamda olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar xorijlik mutaxassislar tomonidan yuksak e’tirof etildi.

    Ma’lumot uchun, akademik Bakriddin Zaripov Garvard universiteti talabalariga dars berish maqsadida AQSh ga jo‘nab ketgan edi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati.