“2023 yil – SHHT makonida turizmni rivojlantirish yili”

Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti millionlab odamlarga madaniyatlararo muloqot va o‘zaro almashuvning yangi imkoniyatlari eshiklarini ochib berdi, desak xato bo‘lmaydi. Madaniyatlararo muloqot deyilganda, eng avvalo, masala jahon bo‘ylab barcha sohalarni rivojlantirishga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan turizm sohasiga qaratiladi.
Zamonaviy turizm millatlararo birlik va hurmatni ta’minlashning muhim vositasidir. Bu borada Prezidentimizning kelgusi yilni SHHT makonida turizmni rivojlantirish yili deb elon qilish taklifi haqida to‘xtalish joiz. Sammit doirasida qabul qilingan Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim birgalikda turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun zarur huquqiy zamindir.
Ta’kidlash kerakki, SHHT davlatlari san’at va madaniyatini jahon madaniy muhitiga integrasiyalash hamda xalqaro maydonda har bir mamlakatning o‘z tarixiy ko‘rinishini mustahkamlash, tarixiy-madaniy meros namunalarini dunyo bo‘ylab targ‘ib qilish, Prezidentimiz taklif qilgani kabi virtual muzeylar, ijodiy ko‘rgazmalar, ilmiy videokonferensiyalar tashkil etib, yoshlarni bunday loyihalarga faol jalb qilish orqali xalqlarimizning yanada yaqinlashishiga ko‘maklashamiz.
Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori,
O'zbekiston Respublikasi fan arbobi.