Yangi darslik: “O’zbek folklori”…

Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Nazmiya Muxitdinova, Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti Tojixon Sobitova, taniqli adabiyotshunos, folklorshunos olimlar, “Do'stlik” ordeni sohibi Omonulla Madayev, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi Mamatqul Jo‘rayevlar hammualifligida “O‘zbek folklori” nomli darslik chop etildi…
Ushbu darslikda oʻzbek folklorining mohiyati, tadqiqi va tatbigʻi, uning asosiy janrlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, ogʻzaki adabiy namunalarning xalq hayotida tutgan oʻrni, ahamiyati, milliy qadriyatlar va urf-odatlar haqida ham atroflicha fikr yuritilgan. Mazkur darslik filologiya yoʻnalishi bakalavriat talabalariga moʻljallangan boʻlib, ta’limning ma’ruza, amaliy mashgʻulot, seminar hamda mustaqil shakllarining mavzulari mohiyatini oʻz ichiga oladi. Mazkur fan asoslarini oʻzlashtirish «Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish - Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim sharti» ekanligi bilan belgilanadi. “Oʻzbek folklori” fani ijtimoiy islohotlar natijasini talabada amaliy his qildirish masalalarini qamraydi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.